• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Everestdagi alpinistlar orasida COVID-19 tarqaldi, Britaniya samaradorlikni oshirish uchun vaksinani uchta dozada kiritadi, AQSh o‘smirlar uchun vaksinani ma’qullaydi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda COVID-19’ni yuqtirib olganlar soni 153 977 028 kishiga yetgan. Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (32,5 million), Hindiston (20,2 million), Braziliya (14,8 million), Fransiya (5,7 million) va Turkiya (4,9 million) eng oldinda bormoqda. Dunyo bo‘yicha o‘limlar soni esa 3 223 800 kishiga yetgan.

    Angliya karantin choralarini yumshatishda davom etmoqda, chunki COVID-19 pandemiyasi bosilayotganga o‘xshaydi, 17-maydan esa bundan keyingi cheklovlar ham olib tashlanadi

    Angliya karantin choralarini yumshatishda davom etmoqda, chunki COVID-19 pandemiyasi bosilayotganga o‘xshaydi, 17-maydan esa bundan keyingi cheklovlar ham olib tashlanadi
    Foto: Getty Images

    Everestdagi alpinistlar orasida koronavirus tarqaldi

    Everest tog‘idagi tayanch lageri alpinistlari va Nepal hukumati ma’lum qilishicha, COVID-19 belgilari bo‘lgan alpinistlar soni o‘sishi kuzatilmoqda, bu esa pandemiya avj olishi yuzasidan xavotir uyg‘otmoqda.

    Tayanch lageri va boshqa lagerlardan davolanish uchun Katmandu kasalxonasiga yuborilgan ekpeditsiya ishtirokchilarining 17 nafarida virus aniqlangan.

    Nepal hukumati mashhur tog‘ning ekspeditsiyalar uchun yopib qo‘yilishidan xavfsirab, shu paytgacha tayanch lagerida COVID-19’ga nisbatan testlar ijobiy chiqqani haqidagi har qanday ma’lumotlarni rad etib kelayotgan edi. Chet ellik alpinistlar Nepal hukumati uchun asosiy daromad manbasi bo‘lib hisoblanadi. Everest o‘tgan yili pandemiya chog‘ida yopilgan edi, endi esa alpinistlardan Nepalga yetib kelganidan keyin, tayanch lageriga ketishdan avval karantindan o‘tishni talab qiladi.

    So‘nggi haftalar ichida Nepalda koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin ko‘paydi. U Hindiston bilan qo‘shni mamlakatlar orasida eng yuqori kasallanish darajasiga ega.

    Mavzuga doir: Everest cho‘qqisini zabt etishni rejalashtirgan alpinistda koronavirus aniqlandi

    Britaniya COVID-19’ga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan kurashmoqchi

    Buyuk Britaniya hukumati 50 yoshdan oshgan odamlarga pandemiyaga, xususan, yangi shtammlar tarqalishiga qarshi samaraliroq kurashish uchun koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasini olishni taklif qilmoqchi.

    Ayni paytda ikkita variant: koronavirus mutatsiyalariga qarshi kurashish uchun maxsus ishlab chiqilgan vaksinalardan foydalanish yoki mamlakatda ishlatilayotgan vaksinalarning uchinchi dozasini joriy qilish ko‘rib chiqilmoqda.

    Uchinchi marta emlanishni hukumat keksalardan tashqari, boshqa hamroh kasalliklari tufayli xavf guruhida bo‘lgan odamlarga ham taklif qilmoqchi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, yuqoridagi ikki variant bo‘yicha o‘tkazilgan ilk tadqiqotlar Britaniya hukumatida mavjuda va yangi mutatsiyalarga qarshi kurash uchun shular yetarli bo‘lishi haqida umid uyg‘otgan.

    Mavzuga doir: Oksford universiteti koronavirusdan tuzalgan ko‘ngillilarga virusni qayta yuqtirishni boshlaydi. Bu kasallikka nisbatan immunitet qanday ishlashini tushunish uchun kerak

    AQShda kelasi hafta o‘smirlar uchun Pfizer vaksinasi ma’qullanishi mumkin

    Prezident Jo Bayden 4-may, seshanba kuni aholini COVID-19’ga qarshi immunizatsiya qilishning yangi bosqichi haqida e’lon qildi, u 12—15 yoshli bolalarga urg‘u berilishini ko‘zda tutadi.

    Ayni paytda AQShda 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun maxsus vaksina bo‘lmasa-da, FDA (Oziq-ovqat mahsulotlari va dorilar sifatini nazorat qilish boshqarmasi) kelasi hafta ushbu yosh toifasi uchun vaksinadan foydalanish uchun ruxsatga tuzatishlar kiritishni ma’qullashi kutilmoqda.

    Baydenning aytishicha, FDA’ning ruxsatidan keyin hukumat o‘smirlarni emlash uchun butun mamlakat bo‘ylab 20 mingta vaksina maydonlarini zudlik bilan ochishga tayyor.

    Shuningdek, Bayden AQSh o‘z vaksinalarining bir qismini boshqa mamlakatlarga yuborishini ma’lum qildi.

    “Biz shu oydan boshlab iyungacha COVID-19’ga qarshi AstraZeneca vaksinasining 60 millionta dozasini boshqa mamlakatlarga yuborish majburiyatini o‘zimizga oldik. Bu shuni bildiradiki, biz shu vaqt ichida AQSh uchun tayyorlangan jami vaksinalarning 10 foizi dunyoning qolgan qismiga yuboriladi”, — dedi Amerika prezidenti.

    AQShda ayni paytda taxminan 10 million doza vaksina bor, yana 50 millioni 2021-yilning may—iyunida tayyor bo‘ladi.

    Shu bilan birga Bayden AQSh o‘z vaksinasini aynan qaysi mamlakatlarga yuborishiga aniqlik kiritmadi.

    Mavzuga doir: Nyu-Yorkda iyul oyidan boshlab barcha karantin cheklovlari bekor qilinadi

    Yevropa ittifoqida koronavirusga qarshi 150 million kishi emlandi

    Yevroittifoqda 150 million kishi COVID-19’ga qarshi emlandi. Voyaga yetgan aholining to‘rtdan bir qismi vaksinaning birinchi dozasini olgan.

    Yevrokomissiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, iyulda aholining 70 foizini emlash uchun yetarlicha vaksina bo‘ladi.

    Mavzuga doir: Yevropa Ittifoqida tasdiqlangan vaksinalar bilan emlangan chet ellik sayyohlar uchun Ittifoq chegaralarini ochish taklif qilindi

    05.05.2021, 11:26   Izoh (0)   7786
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chegaradagi mojarodan so‘ng Qirg‘izistonning Botken viloyati rahbari lavozimidan ozod etildi

    05.05.2021, 10:40

    Bayden Putin bilan iyun oyida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni umid bilan kutayotganini aytdi

    05.05.2021, 09:58

    Belgiyalik fermer mamlakatning Fransiya bilan chegarasini tasodifan o‘zgartirib qo‘ydi. Chegara toshi uning traktorda yo‘ldan o‘tishiga xalal bergan

    05.05.2021, 09:26

    Lukashenko noroziliklarni qo‘llab-quvvatlagani uchun 80 nafar sobiq harbiylar va kuchishlatar tizimning sobiq xodimlarini lavozimlardan mahrum qildi

    05.05.2021, 09:10

    Bill Geytsning rafiqasi ajrimdan so‘ng aliment talab qilmasligini aytdi — OAV

    05.05.2021, 06:16

    Eri uchun kislorod so‘rab yig‘layotgan ayol, boks tushayotgan shahar hokimi, sahoba Aliga bag‘ishlangan kun. 4-may suratlari

    04.05.2021, 23:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.