Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ikki mamlakat chegaralarining o‘zgarib qolganini o‘rmonda sayr qilib yurgan mahalliy tarixchi sezib qolgan. U toshning 2,29 metr ichkariga ya’ni Fransiya hududiga kirib qolganini payqagan. Mahalliy matbuot nashrlari ham bu haqida xabar bergan, deb yozmoqda Tjournal. Keyinchalik Belgiya qishloqlaridan birida yashovchi fermerning toshni joyidan siljitgani oydinlashgan.

Kadr: TF1 telekanali

Kadr: TF1 telekanali

Belgiyadagi Erkelinnes qishlog‘i meri David Lavo fermerning Belgiya hududini kattaroq, Fransiya hududini kichikroq qilgani yaxshi g‘oya emasligini qayd etgan.

“Men qishlog‘im hududi kattalashganidan baxtiyor edim, biroq Fransiyaning Buzini-Syur-Roko kommunasi rahbari bunga rozi emas”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Qo‘shni Fransiya qishlog‘i rahbari Oreli Velonek esa chegarada yangi nizolar chiqishining oldini olish uchun vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etishga chaqirgan.

Belgiya hukumati erkakdan toshni avvalgi joyiga qaytarishni so‘ragan. OAV axborotlariga ko‘ra fermer bu ishni qilmasa, Belgiya tashqi ishlar vazirligi Fransiya–Belgiya chegara komissiyasini chaqirishga majbur bo‘ladi, kengash oxirgi marta 1930-yilda chaqirilgan. Shuningdek, Lavo fermerga nisbatan jinoiy javobgarlik chorasi ko‘rilishi mumkinligini ham eslatgan.

Belgiya hamda Fransiya o‘rtasidagi quruqlik chegaralari 620 kilometr masofaga cho‘zilgan, bu haqda 1820-yilda imzolangan Kortreysk kelishuvida belgilab qo‘yilgan. Chegaralar o‘sha vaqtda toshlar bilan belgilangan va ular hanuzgacha ikki mamlakatni bir-biridan ajratib turadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari “keng miqyosli” qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi (video)
Mahalliy
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi