Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Saraton, ehtimol, eng qo‘rqinchli kasalliklardan biridir. Ammo bu dahshatli kasallikka chalinganlarga haqiqatan ham dalda beruvchi yaxshi yangiliklar bor. Barchaga umid baxsh etadigan bir qancha ilmiy faktlar bilan tanishing.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Saraton tufayli o‘lim holati 30 yil ichida 23 foizga kamaydi

Dunyoda saraton kasalligi tufayli o‘lim holatlarining eng yuqori ko‘rsatkichi 1991-yilda qayd etilgan: 10 ming kishidan 215 nafari vafot etgan. O‘shandan beri ushbu ko‘rsatkich barqaror ravishda pasayib bormoqda (garchi biz xohlagan darajada tez bo‘lmasa ham) va 2012-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich deyarli chorak qismga – 23 foizga kamaydi.

Taxminan, 30 foiz hollarda saraton kasalligining oldini olish mumkin

Afsuski, kasallikdan 100 foiz himoyalanib bo‘lmaydi, ammo turmush tarzini o‘zgartirish orqali saraton kasalligiga hech qachon chalinmaslik ehtimolini 30 foizga oshirish mumkin. Sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar, chekish yoki spirtli ichimliklarni cheklash, terini ultrabinafsha nurlardan himoya qilish — bularning barchasi kasallikning rivojlanish xavfini deyarli uchdan bir qismga kamaytiradi.

Bolalarning saratondan vafot etishi har yili 2 foizga kamaymoqda

2003-yildan 2012-yilgacha 0 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida saraton o‘limi har yili 2 foizga kamaymoqda. Shuningdek, kattalarda bu ko‘rsatkich har yili erkaklar uchun 1,8 foizga, ayollar uchun 1,4 foizga kamayishda davom etmoqda.

Kasallikka chalinganlarning umr ko‘rish darajasi 6 yil ichida 69 foizga oshdi

Yashab qolish ehtimoli — bu bemorning tashxis qo‘yilgandan keyin kamida 5 yil yashashi ehtimolini ko‘rsatadigan juda muhim prognoz. 2005-yildan 2011-yilgacha bo‘lgan olti yil davomida saratonning barcha turlari bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 69 foizga o‘sdi.

Ko‘krak bezi saratonining dastlabki bosqichida sog‘ayish ehtimoli 100 foziga teng

Agar ko‘krak bezi saratoni erta aniqlansa, bemor deyarli 100 foiz sog‘ayib ketishi ehtimoli bor. Buning uchun esa muntazam ravishda mammolog tekshiruvidan o‘tish, o‘z-o‘zini diagnostika qilish va 50 yoshdan keyin kamida ikki yilda bir marta mamografiya qilish juda muhimdir.

Saraton kasalligiga chalingan bolalarning tuzalish ehtimoli 80 foizdan yuqori

So‘nggi 50 yil ichida saraton kasalligiga chalingan bolalarning hayot darajasi to‘rtdan birga oshib, 83 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, leykemiya bilan og‘rigan bolalarda bu ko‘rsatkich yanada yuqori — 85 foizga teng.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi