Daryo

Farg‘onaning O‘zbekiston tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘inga 2021-yil 22-yanvar kuni sodir bo‘lgan kuchli shamol oqibatidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish79 474 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg’ona viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani markazida joylashgan bozorda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: Farg’ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga 2021-yil 22-yanvar kuni sodir bo‘lgan kuchli shamol oqibatidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Foto: Farg’ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2021-yilning 22-yanvar kuni soat 05:30 da O‘zbekiston tumani “Bozor Yaypan” MFY, Ibn Sino ko‘chasida joylashgan “Yangi Bozor SMR” MChJ savdo majmuasida yong‘in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in tegishli kuch vositalar yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Foto: Farg’ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijondagi kuchli shamol sabab bir nechta bino talafot ko‘rgani, qurilishi bitmagan uy tomi esa Damas’ni bosib qolgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar