Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 34-turida “Milan” 1-may, shanba kuni “Benevento” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Mezbonlar Xoqon Chalxono‘g‘lu va Teo Ernandesning gollari evaziga o‘zi uchun muhim bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin milanliklarning ochkolari soni 69 taga yetdi jamoa va 2-o‘ringa ko‘tarildi. Hisobida 31 ochko bo‘lgan “Benevento” esa 18-o‘rinda bormoqda.

A Seriya

34-tur bahsi

1-may, shanba

“Milan” — “Benevento” 2:0

Gollar: 1:0 — 6 Chalxono‘g‘lu, 2:0 — 60 Teo.

“Milan”: Donnarumma, Diogu Dalot, Tomori, Romanyoli, Teo (Kalabriya, 76), Salemakers (Kastilyexo, 75), Kessie, Chalxono‘g‘lu (Brahim Dias, 86), Bennaser (Tonali, 46), Ibrahimovich, Rafael Leau (Rebich, 76).

“Benevento”: Montipo, Barba, Kaldirola, Glik, Depaoli, Dabo (Telyo, 86), Viola, Improta (Kaprari, 76), Ionise, Yago Falke (Insinye, 54), Lapadula (Gaych, 76).

Ogohlantirishlar: Bennaser (38), Kastilyexo (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)