Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qashqadaryo viloyati Koson tumani prokuraturasi xodimi vafot etdi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, Koson tumani prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan adliya maslahatchisi Sheraliyev Bahodir Haydarovich 41 yoshida olamdan o‘tdi. O‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Chiroqchi tumanida tug‘ilgan B.Sheraliyev Samarqand davlat universitetidagi tahsildan so‘ng Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar prokuraturasida faoliyat boshlagan.

Bundan avval O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 33 yoshli xodimi ham yurak xurujidan vafot etgandi.

Shuningdek, 2020-yilning iyulida bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Hakimbay Halimov 66 yoshida, o‘sha yilning avgustida Bosh prokuraturaning 37 yoshli xodimi Alisher Hoshimov koronavirus asoratlaridan vafot etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi