Daryo

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 37 yoshli xodimi vafot etdi

Marhum virus infeksiyasidan emas, insult oqibatida dunyodan o‘tgani ta’kidlangan

1 daqiqa o‘qish119 596 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Ijtimoiy tarmoqlarda Bosh prokuratura mas’ul xodimi Alisher Hoshimov koronavirus infeksiyasi ta’siridan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Xabar.uz”ning ma’lum qilishicha, Bosh prokuratura matbuot xizmati xodimning vafotini taqsdiqlagan va marhum virus infeksiyasidan emas, balki insult oqibatida dunyodan o‘tganini ta’kidlagan.

“O‘limga nima sabab bo‘lmasin, bu — nafaqat marhumning yaqinlari, balki tizim uchun ham katta yo‘qotishdir. Zero Alisher Hoshimov oqibatli, mehnatkash va samimiy inson sifatida hamkasblar e’tiborini qozongan edi”, — deya matbuot xizmati so‘zlarini keltirmoqda nashr.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Oliy sudining 32 yoshli xodimi vafot etdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar