Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda 2021-yilda 457 127 ta doimiy yangi ish o‘rinlari yaratilishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Prezident tomonidan 28-aprel kuni imzolangan “2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ish o‘rinlarini investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ijtimoiy infratuzilmani, yakka tartibdagi tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirish, yangi kichik korxona, mikrofirmalar tashkil etish hisobiga yaratiladi.

2021-yilda mehnat organlari tomonidan 513,5 ming nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashish va ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi kerak.

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2021-yilda aholi bandligiga ko‘maklashish uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya, nafaqalar va mikrokreditlar ajratiladi:

  • subsidiyalar ajratish uchun – 92,3 milliard so‘m;
  • ishsizlik nafaqalari to‘lab berish uchun – 65,1 milliard so‘m;
  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xarajatlarini qoplash uchun – 40,6 milliard so‘m;
  • yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga ajratiladigan resurslar uchun – 125 milliard so‘m.
Shuningdek, qaror bilan vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi, vaqtincha ishlarda band bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami kengaytiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi