• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    LGBT huquqlarini himoya qilgan bloger Miraziz Bozorovni do‘pposlab ketgan shaxsning fotoroboti e’lon qilindi

    Toshkentda mart oyi oxirida LGBT faollariga qarshi norozilik namoyishi kuni kaltaklangan bloger Miraziz Bozorov u gumon qilinayotgan yangi jinoiy ish doirasida uy qamog‘iga olingan. Bu haqda uning advokati Sergey Mayorov “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

    Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

    Himoyachining so‘zlariga ko‘ra, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan (yollanma yoki boshqa asosiy sabablarga ko‘ra tuhmat qilish / bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi) qo‘zg‘atildi.

    Advokat so‘zlariga ko‘ra, Miraziz Bozorov kasalxonadan 29-aprel kuni tushdan keyin chiqarilib, darhol Toshkent shahar IIBga olib ketildi. O‘sha kuni soat 23:15 da tugagan sud qarori bilan bloger uy qamog‘iga olingan. “Hibsga olishdi. Uy qamog‘i. U uyda hozir. Unga hech kim bilan muloqot qilish mumkin emas”, — degan Sergey Mayorov.

    Toshkent shahar IIBB bayonoti

    Toshkent shahar IIBB juma kuni bayonotini e’lon qilib, 1-aprel kunidan 20-aprelga qadar fuqarolardan 28 ta ariza, shuningdek, Mirobod tumani 110-son umumta’lim o‘rta maktabi o‘qituvchilaridan jamoaviy ariza kelib tushgani hamda unda Miraziz Bozorovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni talab qilishganini ma’lum qildi.

    Bayonotga asosan, bloger internetda joylagan videolarida “ushbu fuqarolarni va ularning qarindoshlarini haqorat qilgani, ularni terroristik tashkilotlar bilan hamkorlikda ayblab tuhmat qilgani, milliy an’analarni oyoqosti qilib, ayollarning sha’niga putur yetkazayotgani hamda millatlararo nizo uyg‘otgani” aks etgan.

    IIBB qayd etishiga ko‘ra, “umumta’lim o‘rta maktabi o‘qituvchilarining jamoaviy arizasida Miraziz Bozorov internet tarmog‘idagi mediamakonlarda mazkur maktab o‘qituvchilarining kasbiy va shaxsiy sifatlari haqida haqoratli ma’lumotlar tarqatgani va shu bilan ularning obro‘sini toptagani uchun unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni talab qilishgan”.

    Mazkur arizalar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, tegishli kompleksli ekspertiza tayinlandi, deya ma’lum qildi IIBB.

    Tergovga qadar tekshiruv natijalariga ko‘ra, Bozorov Mirazizning xatti-harakatlarida Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “g” bandida (g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari borligi aniqlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari davom etmoqda.

    Miraziz Bozorov videolaridan birining skrinshoti.

    Miraziz Bozorov videolaridan birining skrinshoti.
    Foto: “Dejurniy po Uzbekistanu”

    Telegram’dagi “Dejurniy po Uzbekistanu” kanalining ma’lum qilishicha, muhokamalarga Miraziz Bozorovning o‘tgan yil oktabr oyida TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan videolaridan biri sabab bo‘lgan.

    Hujum qilganning fotoroboti

    IIBB Miraziz Bozorovga tan jarohati yetkazishga aloqador bo‘lgan gumon qilinuvchining (jabrlanuvchining so‘zidan tuzilgan) fotorobotini e’lon qildi va uning asosida mazkur shaxsni aniqlashda fuqarolardan ko‘mak so‘radi.

    “Agar siz mazkur shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, +998712819075 va +998712334946 raqamlari orqali yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz. Maxfiylik kafolatlanadi. Tergovga yordam berayotganingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz”, — ta’kidlab o‘tdi boshqarma.

    Miraziz Bozorov 28-mart kuni o‘z uyi oldida kaltaklangan. Unda bir necha jarohat va sinishlar qayd etilgan. Shu kuni u anime va K-pop muxlislarini poytaxt markaziga yig‘ilishga chaqirgan. Shu vaqtning o‘zida u yerda LGBTga qarshi aksiya bo‘lib o‘tgan. Toshkent markazida LGBT faollariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tgan. O‘nlab erkaklar Forumlar saroyi qarshisida yo‘lning harakat qismida yurib, “Allohu akbar!” deb takbir aytgan. IIBB 12 kishining qo‘lga olingani va Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismining “b”, “a” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan.

    Foto: Twitter / @Aga_Pik

    Ichki ishlar vazirligi bloger Miraziz Bozorovni provokator deb ta’riflangan videoni namoyish etgan. Shuningdek, Amir Temur maydonida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar ishtirokchilari bilan suhbatlardan parchalar keltirgan. Ichki ishlar vazirligining ta’kidlashicha, voqea “haddan tashqari hissiyotga ega fuqarolar va huquqiy savodxonligi past bo‘lgan shaxslar, qonunchilikni chetlab o‘tib, muammoni o‘zlari hal qilmoqchi bo‘lishgan”.

    Keyinroq poytaxt Ichki ishlar boshqarmasi Toshkent markazida ikki fuqaro kaltaklanganini tasdiqlovchi videoni e’lon qildi. Bir guruh erkaklar ko‘chadan o‘tayotganlarni LGBT tarafdorlari deb qabul qilgan.

    Avvalroq Bozorov internetda unga nisbatan ta’qib va “jazolash” bo‘yicha chaqiriqlar bo‘lgani, shuningdek, uning shaxsiy ma’lumotlari e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

    BMTning O‘zbekistondagi jamoasi O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralarini sodir bo‘lgan xavotirli voqealar yuzasidan xolis tekshiruv o‘tkazishga chaqirgandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda besoqolbozlikda ayblanib, qamalgan mahbuslar soni ma’lum qilindi

    30.04.2021, 18:11   Izoh (0)   49079
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarildi

    30.04.2021, 17:47

    Sardoba suv omborini qurish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining qanchalik qonuniy sarflangani yuzasidan tergov davom etmoqda

    30.04.2021, 17:36

    “O‘zgidromet” may oyining dastlabki ikki kunida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    30.04.2021, 17:24

    FVV vakili Sardoba suv omborida yuz bergan falokatning asosiy sabablarini sanab o‘tdi

    30.04.2021, 16:47

    “Yonimizdagi yotoqxona xaroba ahvolda bo‘lsa-yu, biz ustun quramiz, deb xalqning jig‘iga tegib o‘tirsak”. Zoir Mirzayev 1 mlrd 350 mln so‘mga bayroq o‘rnatish fikr...

    30.04.2021, 16:23

    Toshkent shahar aholisi soni 2,7 mln kishidan oshdi

    30.04.2021, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” finalda “PSJ” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 14 iyul, 02:39

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.