Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (7-0, 6 KO) o‘zining navbatdagi jangini 19-iyun kuni o‘tkazadigan bo‘ldi.

Foto: Golden Boy

Bu haqda Golden Boy promouterlik kompaniyasi ma’lum qildi. Jang AQShning Texas shtatida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik bokschiga shu kuni Gabriel Rosado (25-13, 14 KO) raqib bo‘ladi.

35 yoshli amerikalik bokschi faoliyati davomida Charles Uittaker va Gennadiy Golovkin kabi mashhur bokschilar bilan jang qilgan.

Meliqo‘ziyev so‘nggi jangini fevral oyida o‘tkazib, unda Morgan Fitchni (19-5-1, 8 KO) nokaut evaziga taslim etgandi. Rosado esa 2020-yilning noyabrida Deniel Jeykobsga (36-3, 30 KO) yutqazib qo‘ygandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!