Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Paxtakor” bosh murabbiyi Piter Hyuistra Osiyo Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida “Traktor”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi durangdan (0:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: “Paxtakor” FK

Foto: “Paxtakor” FK
Natijadan xafamiz. Futbolchilar g‘alaba uchun oxirigacha kurashishdi. Vaziyatlar yaratishga urindik. Imkon qadar gol urishga urindik, ammo bu samara bermadi. Raqib darvozaboni ajoyib seyv namoyish etdi. Endi so‘nggi o‘yinni yutishga harakat qilamiz. Mavsum hali davom etadi, xatolardan xulosa chiqaramiz.

O‘tgan yili shakllangan jamoaga ega edik. Safimizni 4-5 nafar yetakchi futbolchilar tark etgani ta’sir ko‘rsatdi. Lekin yoshlar bilan yana yaxshi darajaga ko‘tarila olamiz. Iqtidorli yoshlarimiz tajriba to‘plamoqda. Ularning mahorati o‘sib bormoqda. Biz bu qiyinchilikni yengib o‘tishimiz kerak, ushbu jamoani yuqoriroq saviyaga olib chiqishimiz zarur. Biz o‘z falsafamizga mos, hujumkor futbol o‘ynayapmiz. Lekin ba’zi jihatlar borasida bog‘lamni yaxshilash lozim. Hozir ham bir necha bahsda g‘alabaga yaqinroq edik.

Piter Hyuistra, “Paxtakor” bosh murabbiyi

Shuningdek, “sherlar” darvozaboni Sanjar Quvvatov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: “Paxtakor” FK

Foto: “Paxtakor” FK
O‘yin qiyin kechdi, chunki yigitlarda ketma-ket bahslardan keyin charchoq sezilmoqda. Yutuqqa erishish uchun harakat qildik, ammo raqib posboni juda ajoyib o‘ynadi. Hamkasbimni olqishlayman. Ushbu musobaqada bizga omad ham yetishmadi. Ba’zi uchrashuvlarda g‘alabaga haqli bo‘lgandik. Raqiblardan ko‘proq imkoniyatlar yuzaga keltirdik. Turnir men uchun ham, jamoa uchun ham ancha og‘ir bo‘ldi. Endi so‘nggi bellashuvda zafar quchishni intilamiz. Mavsumning qolgan qismida ushbu xatolardan xulosa qilgan holda yaxshi o‘ynashga urinamiz.

Sanjar Quvvatov, “Paxtakor” darvozaboni

“Paxtakor” 5-turdan keyin 4 ochko to‘plagan holda guruhda 3-o‘rinni egallab turibdi. Toshkent klubi 6-tur doirasida 29-aprel kuni Iroqning “Eyr Fors”iga qarshi saf tortadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi