Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Jo Bayden Usmonlilar imperiyasi hukmronligi davrida armanlar genotsidi sodir bo‘lganligini tan oldi. Bu haqdagi bayonot Oq uyning rasmiy saytida e’lon qilingan.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Bayonot har yili 24-aprelda o‘tkaziladigan armanlar genotsidi xotirasi kuni munosabati bilan berilgan.

“Amerika xalqi bundan 106 yil avval shu kunda boshlangan genotsid qurboniga aylangan barcha armanlar xotirasini hurmat qiladi”, — deyiladi bayonotda.

“Biz ularning tarixini xotirlaymiz. Mazkur og‘riqni yaxshi tushunamiz. Tarix haqiqatini tan olamiz. Biz bu ishni kimnidir ayblash uchun emas, balki bu kabi salbiy holatlar boshqa takrorlanmasligi uchun ham amalga oshiramiz”, — deyiladi xabarda.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Baydenning mazkur bayonotiga javob qaytargan va genotsid mavzusini uchinchi tomonlar siyosiylashtirayotganini qayd etgan.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan esa Baydenga minnatdorlik bildirib, AQSh mazkur genotsidni tan olganidan keyin tarixda sodir bo‘lgan ushbu fojia o‘z rasmiy tasdig‘ini topganini ta’kidlagan.

1915-yil 24-aprelda Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolda (hozirgi Istanbul) dastlab 800 ga yaqin armanistonlik intelligensiya vakillarini hibsga olgan va o‘limga hukm qilgan. Mazkur qotilliklardan keyin armanlarni mamlakat hududidan chiqarib yuborish ommaviy xarakter kasb etgan. Turli taxminlarga ko‘ra, 1923-yilda 600 mingdan 1,5 million nafargacha armanlar halok bo‘lgan. Usmonlilar imperiyasi hukmronligi davrida sodir bo‘lgan ushbu fojia o‘ttizta mamlakat tomonidan rasman genotsid, ya’ni qirg‘in deb tan olingan.

O‘sha davrda armanlardan tashqari greklar va ossuriyaliklar ham Usmonlilar imperiyasi hukumatining hujumiga uchragan. Mazkur xalqlar ham XX asrda Turkiya hududida yuz bergan fojiani genotsid deb hisoblashni talab qilib keladi, biroq faqat muayyan mamlakatlargina genotsidni tan olgan.

Turkiya 1915—1923-yillarda yuz bergan fojiani genotsid deb tan olmagan, lekin aholi orasida armanlarning o‘limi ko‘p kuzatilganini inkor etmaydi.

2019-yilda armanlar genotsidini tan olish haqidagi maxsus rezolyutsiya AQSh kongressining vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan. AQShning Baydendan avvalgi prezidentlari mazkur tarixiy hodisa haqida fikr bildirganlarida, shuningdek, siyosiy hujjatlarda voqeani “genotsid” deb atamagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda