Yevropa Superligasiga asos solgan 12 ta klub jazoga tortilmaydi. Bu haqda Ispaniya AS nashri xabar qilmoqda.

Foto: Getty Images

UEFA ijroqo‘mining 23-aprel kungi majlisida shu qaror qabul qilingan.

“Ushbu haftadagi voqealardan keyin biz olg‘a yurishda davom etish va o‘yinlar oldidan futbol jamoatchiligini ilhomlantirishni istaymiz.

Faqat bir-birimizni xabardor qilgan holda ishlasakkina klublar maydonda va uning tashqarisida muvaffaqiyatga erishishi mumkin”, — deyiladi Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) bayonotida.

Yevropaning 12 klubi (“Real”, “Yuventus”, “Barselona”, “Atletiko”, “Milan”, “Inter”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Liverpul”, “Tottenhem”, “Arsenal”) yangi musobaqaga asos solgandi. Biroq loyiha ko‘p o‘tmay muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda faqat “Real” va “Barselona” klublari Superliga a’zoligida bo‘lib turibdi. Qolgan barcha jamoalar loyihani tark etganini ma’lum qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!