Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Shavkat Mirziyoyev “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmon matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida:

  1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 000 000 (o‘n ikki million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.
  2. Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
  3. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali topshirilishini ta’minlasin.
  4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda karantin qoidalariga rioya qilgan holda Vatanimiz ozodligi va shon-sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va madaniy-ma’rifiy kechalarni o‘tkazsin.
  5. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qarorni imzolagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi