Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 31-turida “Inter” 18-aprel, yakshanba kuni “Napoli” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Neapolda o‘tgan bahsda jamoalar murosa yo‘lini tanladi. Birinchi bo‘limda mezbonlar Samir Handanovichning o‘z darvozasiga urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida esa “Inter” bunga Kristian Eriksenning goli bilan javob qaytardi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Ushbu durangdan keyin Milan klubi 75 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Napoli” esa (60) 5-o‘rinda bormoqda.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

“Roma” “Torino” maydonida mehmon bo‘lib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Rimliklar 31-turdan keyin 54 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Hisobida 30 ochko bo‘lgan “Torino” esa 15-pog‘onadan joy olgan.

“Torino” — “Roma” o‘yinida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

A Seriya

31-tur bahsi

18-aprel, yakshanba

“Napoli” — “Inter” 1:1

Gollar: 1:0 – 36, avtogol Handanovich, 1:1 – 55 Eriksen.

“Napoli”: Meret, Manolas, Kulibali, di Lorenso, Mariu Ruy, Demme, Zelinski (Elmaz, 88), Insinye, Fabian Ruis (Bakayoko, 90), Politano (Hyusay, 90), Osimhen (Mertens, 74).

“Inter”: Handanovich, Darmian (Perishich, 69), Bastoni, de Vrey, Hakimi, Brozovich, Eriksen (Galyardini, 84), Barella, Shkrinyar, Martines (Sanches, 75), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Kulibali (38), Darmian (63), Demme (80), Politano (87), Mertens (88).

“Torino” – “Roma” 3:1

Gollar: 0:1 – 3 Mayoral, 1:1 – 57 Sanabriya, 2:1 – 71 Zaza, 3:1 – 90 Rinkon.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi