Gollivud yulduzlarining hayotidagi eng muhim va esda qolarli kunida kadrga muhrlangan suratlarning sarasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Rouz Lesli va Kit Xarington

Foto: Cosmopolitan

“Taxtlar o‘yini” yulduzlari Shotlandiyada turmush qurgan. Ularning nikoh marosimi Uordxill-Kasl qasrida bo‘lib o‘tgan. Kelin Elie Saab brendidan libos kiygan do‘stlari va yaqinlari qurshovida baxtdan yashnagan.

Anjelina Joli va Bred Pitt

Foto: Cosmopolitan

Juftlik 2014-yil Fransiyadagi Shato-Miraval cherkovida turmush qurgan. Aktrisaning kelinlik libosi Atelier Versace

brendi dizayneri Luiji Massi tomonidan tikilgan. Muxlislar yulduzlarning zinapoyada farzandlari qurshovida tushgan suratini eng yaxshi deb hisoblaydi. Joli shu kuni hammasi juda ham go‘zal bo‘lgani, baxtli ekanini ta’kidlagan.

Xeyli va Jastin Biber

Foto: Cosmopolitan

Top model va kanadalik musiqachi 2018-yil Nyu-Yorkda rasman ro‘yxatdan o‘tgan, 2019-yilda esa yaqinlari uchun Janubiy Karolinada dabdabali marosim uyushtirgan. Kelin Off White brendidan libos tanlagan. Uning barmoqlariga Jastin uzuk taqayotgani aks etgan kadrlar bilan esa model to‘ylariga bir yil bo‘lganida bo‘lishgan. To‘ylari eng yaxshisi bo‘lib o‘tganini ta’kidlagan xonanda bu kunni takror bo‘lishini istagan.

Amal va Jorj Kluni

Foto: Cosmopolitan

Juftlikning to‘yi Venetsiyada bo‘lib o‘tgan. Kelinning Oscar de la Renta’dan libos kiyib tushgan surati keyinchalik People jurnalida e’lon qilingan.Juftlikning bir-biriga qarab tabassum qilib turgani aks etgan surat eng ta’sirli suratlardan biri sanaladi.

Keyt Moss va Jeymi Xinks

Foto: Cosmopolitan

Keyt 2011-yilda John Galliano brendining kelin ko‘ylagida Jeymi Xinksga turmushga chiqqan. Kuyov esa Yves Saint Laurent libosidan moviy rang kostyum-shim ko‘ylak kiygan. Kelinni uning qizi bilan birga 15 dugonasi kuzatib kelgan. Qo‘lidan tutib olgani aks etgan suratga muxlislar Lila onasini turmushga berdi, deb izoh bergan.