Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/4 final bosqichining ilk uchrashuvlari 8-aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

“Arsenal” o‘z maydonida “Slaviya”ni qabul qildi. Uchrashuvning asosiy qismida darvozalarga to‘p kiritilmadi. Faqatgina 86-daqiqaga kelib, Nikolas Pepe mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo 90+4-daqiqada Tomash Golesh muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa London klubi o‘z maydonida kechgan bahsning so‘nggi pallasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Foto: Twitter / “Daryo”

“Manchester Yunayted” safarda “Granada”dan ustun keldi. 31-daqiqada Markus Reshford Viktor Lindelyofning zargarona uzatmasini golga aylantirdi. 90-daqiqada esa Brunu Fernandesh 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

“Roma” mehmonda “Ayaks”dan 2:1 hisobida ustun keldi. Rimliklarning gollariga Lorenso Pellegrini va Rojer Ibanes mualliflik qildi. “Ayaks” safida esa Devi Klassen o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Chorak finalning dastlabki o‘yinlaridan o‘rin olgan yana bir bahsda “Vilyarreal” “Dinamo Z”ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Mazkur bosqichning javob o‘yinlari 15-aprel sanasiga belgilangan.

Yevropa Ligasi

1/4 final, dastlabki bahslar

8-aprel, payshanba

“Arsenal” Angliya – “Slaviya” Chexiya 1:1

Gollar: 1:0 – 86 Pepe, 1:1 – 90+4 Golesh.

“Arsenal”: Leno, Soaresh, Belyerin, Holding, Gabriel, Smit-Rou (Sebalyos, 88), Jaka, Parti (en-Nenni, 78), Saka (Pepe, 78), Villian (Martinelli, 73), Lyakazett (Obameyang, 78).

“Slaviya”: Kolarj, Borjil, Ba, Golesh, Zima, Stanchu (Masopust, 84), Gromada (Shevchik, 46), Provod, Dorli (Lingr, 69), Olayinka (Traore, 85), Sima (Kuxta, 69).

Ogohlantirishlar: Zima (47).

“Granada” Ispaniya – “Manchester Yunayted” Angliya 0:2

Gollar: 0:1 – 31 Reshford, 0:2 – 90, penalti Brunu Fernandesh.

“Granada”: Ruy Silva, Valyexo, Neva (Fulkye, 74), Duarte (Herman Sanches, 54), Dias, Montoro, Puertas, Gonalon (Eteki, 86), Errera, Kenedi (Machis, 75), Soldado (Suares, 87).

“Manchester Yunayted”: de Xea, Maguayr, Shou (Telles, 46), Uan-Bissaka, Lindelyof, Pogba (Matich, 74), Brunu Fernandesh, Maktomini, Jeyms, Grinvud (van de Bek, 85), Reshford (Kavani, 66).

Ogohlantirishlar: Pogba (8), Maktomini (40), Shou (42), Duarte (51), Maguayr (72), Matich (84), Eteki (89).

“Ayaks” Niderlandiya – “Roma” Italiya 1:2

Gollar: 1:0 – 39 Klassen, 1:1 – 57 Pellegrini, 1:2 – 87 Rojer.

“Ayaks”: Sxerpen, Talyafiko, Timber, Alvares, Rensx (Klayber, 78), Tadich, Gravenberx, Neres (Brobbey, 64), Klassen, Antoni (Idrissi, 88), Martines.

“Roma”: Lopes, Spinatssola (Kalafyori, 29), Manchini, Rojer, Bruno Peres, Diavara, Kristante, Veretu (Vilyar, 77), Pellegrini, Pedro (Karles Peres, 89), Jeko (Mayoral, 77).

Ogohlantirishlar: Rensx (71), Bruno Peres (78), Martines (86), Kristante (90), Kalafyori (90).

“Dinamo Z” Xorvatiya – “Vilyarreal” Ispaniya 0:1

Gol: 0:1 – 44, penalti Xerard Moreno.