Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” jamoasi La Liga 30-turi doirasida 10-aprel, shanba kuni “Real Madrid”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 11-aprelga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Foto: Twitter/@FCBarcelona

Foto: Twitter/@FCBarcelona

Katalonlar ustozi Ronald Kuman uchrashuvga jalb etilgan futbolchilar kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Undan 23 nafar futbolchi o‘rin olgan.

Uchrashuvni Ansu Fati va Filippe Koutinyo kabi futbolchilar jarohat sabab o‘tkazib yuboradi.

Qaydnomadan joy olgan futbolchilar bilan tanishing:

Darvozabonlar: Mark Andre ter Shtegen, Arnau Tenas, Inyaki Penya;

Himoyachilar: Xerard Pike, Ronald Arauxo, Samyuel Umtiti, Kleman Langle, Xordi Alba, Xunior Firpo, Serjinyo Dest, Oskar Mingesa;

Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Serxi Roberto, Frenki de Yong, Miralem Pyanich, Pedri Gonsales, Rikard Puch, Ilaysh Moriba;

Hujumchilar: Lionel Messi, Antuan Grizmann, Usmon Dembele, Martin Breytueyt, Fransishku Trinkau.

Ushbu jamoalar o‘rtasida dastlabki o‘yinda madridliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Trikotaj kiyimlarga zarar yetkazmasdan qanday yuvish mumkin?
Mahalliy
Navoiyda 454 nafar fuqaroning bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Dunyo
Politico nashri Zelenskiyni eng nufuzli yevropalik, Putinni esa yilning eng omadsiz odami deb e’lon qildi