O‘tgan bir sutka ichida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida koronavirus infeksiyasiga qarshi yana 15 250 kishi emlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu vaksinatsiyaning ilk haftasidagi eng yuqori natija hisoblanadi.

Foto: SSV matbuot xizmati

O‘zbekistonda shu kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 64 852 nafarga yetdi.

7-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Namangan viloyati (2521 nafar),
  • Samarqand viloyati (1732 nafar),
  • Toshkent viloyati (1539 nafar),
  • Andijon viloyati (1529 nafar),
  • Toshkent shahri (1394 nafar),
  • Qashqadaryo viloyati (1381 nafar)
  • Jizzax viloyati (1061 nafar)
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1030 nafar) band qildi.

Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1-apreldan boshlandi. Emlash dastlab qariyalar, sog‘liqni saqlash xodimlari, OAV vakillarida ko‘ngilli tarzda o‘tkaziladi. 6-aprel holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 14 216 kishi koronavirusga qarshi emlangan edi.

Ular AstraZeneca va O‘zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlanmoqda. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaksina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o‘sha vaksina bilan yakunlaydi.