O‘zbekistonda 2021-yil birinchi choragida 36 trillion so‘m (106 foiz) budjet tushumi ta’minlanib, mahalliy budjetlar ixtiyorida 1 trillion 600 million so‘m qoldirilgan. Bu haqda 8-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

“Lekin Andijon viloyatidagi ishlarning haqiqiy ahvoli birinchi yarim yillikda tushumlarni kafolatli ta’minlash bo‘yicha xavotir uyg‘otmoqda. Umuman, ikkinchi chorakda budjetga 36 trillion so‘m tushum so‘zsiz ta’minlanishi lozim”, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

“Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev ikkinchi chorakda 2 trillion so‘m, Bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimov 250 milliard so‘m qo‘shimcha tushumni ta’minlashga mas’ul”, – deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Avvalroq O‘zbekistonda tadbirkorlarga elektr energiyasini yetkazib berishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan aybdorlarni ishdan olish bo‘yicha bosh vazirga taklif kiritib borilishi hamda O‘zbekistonda chekka hududlardagi yer uchastkalarini 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo‘yish tartibi ishlab chiqilishi haqida xabar berilgandi