Yoshligida o‘qish bahonasida tanishgan va bugungi kunga qadar iliq munosabatda bo‘lgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Kemeron Dias va Sn00p Dogg

Foto: Cosmopolitan

Reperning katta ekanligiga qaramay, ular Kemeron bilan Kaliforniyaning o‘rta bilim yurtida birga ta’lim olgan. Snoop Dias uni guruhdoshi deb hisoblamaganini hazil bilan esga oladi.

Eddi Redmeyn, Tom Xiddlston va shahzoda Uilyam 

Foto: Cosmopolitan

Eddi Redmeyn, Tom Xiddlston va shahzoda Uilyam Angliyadagi kollejda birga o‘qigan. Shahzoda bilan regbi bo‘yicha bir jamoada bo‘lgan Edi u bilan haligacha muloqot qilib turishini ta’kidlaydi.

Nikol Kidman va Naomi Uotts

Foto: Cosmopolitan

4 yoshida oilasi bilan Avstraliyaga ko‘chib kelgan Nikol Sidneydagi maktabda tahsil olgan. Shundan buyon u Naomi bilan qalin do‘st tutingan.

Jennifer Eniston va Chez Bono

Foto: Cosmopolitan

Jennifer va Chez Nyu-Yorkdagi aktyorlik maktabida birga tahsil olgan. Aktrisa Chezning uyiga bir necha marta mehmonga borganini ta’kidlagan.

Liv Tayler, Keyt Xadson va Zoui Deshanel

Foto: Cosmopolitan

Qizlar bir vaqtlar Kaliforniyadagi Santa-Monika maktabida birga o‘qigan. Keyt va Zoui hatto birgalikda maktabdagi spektaklda ishtirok etish uchun sinovda qatnashgan.

Kichik Robert Dauni, Shon Penn va Charli Shin

Foto: Cosmopolitan

Mazkur uchlik Kaliforniyaning Santa Monika kollejida birga o‘qigan. Robert maktabni tashlagan, Charli haydalgan, faqatgina Shon diplomni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Kim Kardashyan va Peris Xilton

Foto: Cosmopolitan

Kim va Peris Kaliforniyadagi Bakli maktabida tahsil olgan. Keyinroq Kim Perisning assistenti bo‘lgan, so‘ngra hammasi o‘zgargan.

Rami Malek va Kirsten Danst

Foto: Cosmopolitan

Aktyorlar Notr-Damdagi maktabda o‘qigan. O‘quvchilik yillari Rami kinoyulduz bo‘lib ulgurgan Kirstenga oshiq bo‘lgan.

Ben Afflek va Mett Deymon

Foto: Cosmopolitan

Boshlang‘ich maktabda tanishgan yigitlarning har ikkisi ham aktyor bo‘lishga qaror qilgan va buning uddasidan chiqa olgan.