Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining qoldirilgan ikki o‘yini 7-aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

“Yuventus” 3-turning qoldirilgan o‘yini doirasida “Napoli”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibalaning gollariga mehmonlar Lorenso Insinyening goli bilan javob qaytardi.

Foto: Twitter

“Inter” esa 28-turning qoldirilgan o‘yinida “Sassuolo”ni qabul qildi. Milan klubi safida Romelu Lukaku va Lautaro Martines gol urgan bo‘lsa, Hamed Traore “Sassuolo”ning javob to‘piga mualliflik qildi.

“Inter” — “Sassuolo” uchrashuvida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin —  video.

Mazkur g‘alabadan keyin “Yuventus”ning ochkolari 59 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Inter” esa 71 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 5-pog‘onadagi “Napoli”ning hisobida 56 ochko bor.

A Seriya

“Yuventus” – “Napoli” 2:1

Gollar: 1:0 – 13 Ronaldu, 2:0 – 73 Dibala, 2:1 – 90, penalti Insinye.

“Yuventus”: Buffon, Aleks Sandro, Danilo, de Ligt, Kyellini, Kuadrado (Makkenni, 69), Bentankur, Rabyo, Kyeza (Artur, 80), Ronaldu, Morata (Dibala, 69).

“Napoli”: Meret, di Lorenso, Hyusay (Mariu Ruy, 76), Kulibali, Rrahmani, Fabian Ruis (Petanya, 89), Zelinski, Insinye, Demme (Osimxen, 54), Losano (Politano, 54), Mertens (Elmaz, 76).

Ogohlantirishlar: Kulibali (22), Aleks Sandro (54), Rrahmani (81).

“Inter” – “Sassuolo” 2:1

Gollar: 1:0 – 10 Lukaku, 2:0 – 67 Martines, 2:1 – 85 Traore.

“Inter”: Handanovich, Hakimi, Darmian, Shkrinyar, Yang, Eriksen (Sensi, 59), Galyardini (Vesino, 70), Barella, de Vrey, Lukaku, Martines (Sanches, 77).

“Sassuolo”: Konsili, Rojerio (Kiryakopulos, 75), Tolyan (Garaslin, 75), Marlon, Kirikesh (Karamoko, 90), Traore, Lopes, Jurichich, Obiang, Boga (Oddey, 80), Raspadori.

Ogohlantirishlar: Konsili (7), Barella (17), Traore (23), Yang (60), Lopes (84).