Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Marko Roys Chempionlar Ligasi chorak final dastlabki bahsi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi kechgan uchrashuvda (1:2) gol urishga erishdi.

Foto: Twitter/@BVB

Foto: Twitter/@BVB

Bu “Borussiya” sardori uchun Chempionlar Ligasidagi 18-gol bo‘ldi.

Shu tariqa Roys Robert Levandovskini (17 ta gol) ortda qoldirgan holda “Borussiya D”ning Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.

“Borussiya D”ning Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi to‘purarlari:

  1. Marko Roys — 18 ta gol
  2. Robert Levandovski — 17
  3. Pyer-Emerik Obameyang — 15
  4. Erling Holand — 12
  5. Yan Koller — 10
31 yoshli futbolchi Bundesliga joriy mavsumida 25 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi