Geely firmasi zavod ichida KX11 indeksiga ega o‘rta o‘lchamli yangi krossoveriga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Mashinani masofadan turib boshqarish orqali uni avtoturargohga joylashtirish imkoniyati modelning muhim texnik jihatlaridan biri hisoblanadi — Xitoy yo‘ltanlamasi bir kilometr radiusdagi hududdan o‘zi mustaqil avtoturargoh qidira oladi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Geely KX11

Geely KX11 — CMA platformasidagi katta krossover hisoblanadi, ya’ni uning arxitekturasi Tegulla’nikiga o‘xshash. Biroq KX11’ning o‘lchamlari Kia Sorento modelini kabi, shu sababli top-versiyalarga past profilli 20 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatilgan.

Geely KX11 Xitoy ichki bozoriga Xingyue L nomi ostida sotuvga chiqadi, xorijga esa kompaniya ushbu modelni boshqa nomda taqdim etadi.

Foto: Geely KX11

Geely KX11 interyeri uchta ekrandan iborat bir metrli raqamli paneli bilan ajralib turadi. Hozircha barcha rasmiy suratlarda displeylar faol emas — aprel oyi o‘rtalarida o‘tkaziladigan rasmiy taqdimotda uning grafikasi va funksiyalari namoyish etiladi.

Foto: Geely KX11

Modelning texnik jihatlariga oid ma’lumotlar tasdiqlangan: old uzatmali bazaviy KX11’ga 218 ot kuchiga ega 2,0 litrli Volco Drive-E “turboto‘rtligi” o‘rnatilgan va u yetti pog‘onali robot uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Modelning top-versiyasi esa 238 kuchiga ega benzinli turbomotorga ega bo‘ladi va u sakkiz pog‘onali Aisin avtomat uzatmalar qutisi orqali boshqariladi. Old uzatmali krossover 100 kilometr masofaga 6,8 litr yoqilg‘i sarflasa, to‘liq uzatmali versiyaga bir litrga ko‘proq yoqilg‘i ketadi.

Foto: Geely KX11

Foto: Geely KX11

Xitoy krossoverining texnologik o‘ziga xosligi — masofadan turib boshqariladigan 5G-AVP funksiyasi bo‘lib, uni smartfon yordamida ishga tushirish mumkin. Avtomobil avtonom holatda bir kilometr radius bo‘ylab avtoturargohni qidira oladi. Haydovchi signal berishi bilan Geely KX11 joyidan harakatlanib, belgilangan nuqtaga qaytib keladi.

Haydovchisiz boshqariladigan tizimning ishlashiga ultratovushli datchiklar, radar va kameralar javob beradi, o‘z egasi va yo‘l infratuzilmasi bilan avtomobil V3X tizimi hamda 5G protokoli yordamida bog‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Geely kompaniyasi Volvo bilan hamkorlikda Icon krossoverini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan edi. Ushbu model IAPS maxsus iqlim qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, u salon ichidagi insonni bakteriya va viruslardan himoya qilishga qodir.

Foto: Geely KX11

Foto: Geely KX11

Foto: Geely KX11