Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 30-turida “Tottenhem” 4-aprel, yakshanba kuni “Nyukasl” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 28-daqiqasida Joelinton maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay mehmonlar bunga Harri Keynning dubli bilan javob qaytardi.
Ikkinchi bo‘limda “shporlar”da yana bir qator golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi, biroq gol urish “Nyukasl” futbolchilariga nasib etdi. 85-daqiqada Jo Uillok muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Ushbu natijadan keyin “Tottenhem” ochkolarini 49 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Nyukasl” (29) esa 17-pog‘onada bormoqda.
APL
30-tur bahsi
4-aprel, yakshanba
“Nyukasl” — “Tottenhem” 2:2
Gollar: 1:0 – 28 Joelinton, 1:1 – 30 Keyn, 1:2 – 34 Keyn, 2:2 – 85 Uillok.“Nyukasl”: Dubravka, Kraft (Uillok, 79), Lassels, Dammett, Ritchi, Almiron, Shelvi, Longstaff, Myorfi (Mankilyo, 83), Geyl (Sen-Maksimen, 71), Joelinton.
“Tottenhem”: Lyoris, Rodon, Tanganga, Sanches, Regilon, Ndombele, Lukas Moura (Lamela, 64), Lo Chelso (Beyl, 88), Hyoybyerg, Keyn, Vinisius (Son Hyon Min, 46).
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (45), Tanganga (63), Dammett (65), Shelvi (71), Almiron (85).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!