• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jo Bayden AQShni Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng yirik modernizatsiya rejasini e’lon qildi. Transport, kommunikatsiyalarni yangilash va innovatsiyalar uchun 2 trln dollar sarflanadi

    AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatni modernizatsiyalash rejasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Amerika infratuzilmasini modernizatsiyalash so‘nggi o‘n yilliklardagi eng katta loyiha bo‘ladi. Bayden shu orqali AQShning doimiy global yetakchiligini saqlab qolishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Meduza.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Bayden modernizatsiyalash rejasini Pensilvaniya shtatida — o‘zining 2019-yilgi saylovoldi kampaniyasi boshlangan Pittsburg shahrida e’lon qildi. Associated Press’ning yozishicha, prezident o‘z rejasini “Amerikaga bir avlodda bir marta kiritiladigan sarmoya” deb atadi va uni Ikkinchi Jahon Urushidan beri ish o‘rinlariga ilk eng katta sarmoya sifatida baholadi.

    “Ushbu reja yuqoriga ko‘tarilishga bo‘lgan urinish emas. Bu bir avlodda bir marta kiritiladigan yirik hajmdagi sarmoyadir. AQShning kosmik musobaqadagi ishtirokidan beri bunday ish amalga oshirilmagan. Hozir ayni harakatni boshlaydigan vaqt. Ishonchim komilki, buni hozir qilsak, 50 yildan keyin odamlar orqaga qarab: ‘O‘shanda Amerika kelajakni yaratgan edi’, deyishadi”, — dedi Bayden.

    Bayden nazarda tutganidek, ushbu sarmoyalar AQShga biotexnologiya va toza energiya manbalari bilan bog‘liq eng istiqbolli sohalarda yetakchi bo‘lish imkonini beradi. Uning fikricha, vaqti kelib bularning barchasi AQShga Xitoy bilan global raqobatda g‘alaba qozonishda yordam beradi.

    Baydenning 2 trillion dollarlik rejasidagi barcha xarajatlar to‘rtta toifaga bo‘linadi — transport infratuzilmasini rivojlantirish, turmush darajasini yaxshilash, biznes samaradorligini oshirish hamda kasallar va qariyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ijtimoiy dastur.

    • Transport infratuzilmasiga 621 milliard dollar sarflanadi. Shulardan 174 milliardi elektr transportini rivojlantirishga, 115 milliardi magistrallar, yo‘llar va ko‘priklarni modernizatsiya qilishga, 80 milliardi temir yo‘llarga, 42 milliard dollari aeroport va dengiz portlarini modernizatsiyalashga yo‘naltiriladi.
    • Rejaga ko‘ra maishiy infratuzilmani yaxshilash uchun 650 milliard dollar ajratiladi. Xususan, suv ta’minoti tizimlarini yangilash uchun 111 milliard, yuqori tezlikdagi internet va elektr tarmoqlarini rivojlantirish uchun 100 milliard, maktablarni ta’mirlash va qurish uchun 137 milliard dollar sarflanadi.
    • Biznes samaradorligini oshirishga 580 milliard dollar ajratish rejalashtirilgan. Shulardan 180 milliard dollari ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga, 100 milliard dollari mutaxassislarni qayta tayyorlash dasturlariga, yana 300 milliard dollari kichik biznesni rivojlantirishga sarflanadi.
    • Keksalar va nogironlar uchun yordam va ko‘nikma dasturlariga 400 milliard dollar sarflash rejalashtirilgan.
    Bu mablag‘larning barchasi kelgusi sakkiz yil ichida — Baydenning birinchi muddati va agar u qayta saylansa ikkinchi muddati (prezident ilgari ikkinchi muddatga nomzodini ko‘rsatishni rejalashtirayotganini tasdiqlagan) davomida sarflanishi taxmin qilinmoqda.

    Modernizatsiyalash rejasi yuqori korporativ soliqlar yordamida moliyalashtiriladi. Respublikachilar esa bunga qarshi

    Baydenning ta’kidlashicha, AQSh rejani amalga oshirish uchun katta miqdorda tashqi qarz olib, davlat qarzlarini ko‘paytirish usulini qo‘llamaydi.

    Soliqlarni, birinchi navbatda, korporativ daromad solig‘ini oshirish orqali zarur mablag‘ni yig‘ish rejalashtirilmoqda. Soliqning mazkur turi 2017-yilda Donald Tramp ma’muriyati davrida 35 foizdan 21 foizgacha kamaytirilgan edi. Bayden uni yana 28 foizga ko‘tarishni rejalashtirmoqda. AQSh prezidenti korporatsiyalarni “bundan shikoyat qilmaslikka” chaqirdi, chunki soliq hajmi baribir avvalgi o‘n yilliklardagiga qiyoslaganda pastroq bo‘ladi.

    Bundan tashqari, prezident ma’muriyati xorijiy korporativ daromad solig‘ini oshirishni taklif qilmoqda. Rejani e’lon qilishda Bayden soliqlarni ko‘paytirish bilan bir qatorda, qonunchilikda yirik korporatsiyalarning chiqib ketishi bilan yuzaga keladigan bo‘shliqlar bo‘lmasligini ta’minlashini aytib o‘tdi.

    Shu bilan birga, yaqin kelajakda rejaga sezilarli o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Rejaning amaldagi variantini hatto Kongressdagi Demokratik partiya a’zolarining ham hammasi qo‘llab-quvvatlayotgani yo‘q. Ularning ba’zilari ko‘zda tutilgan harakatlar xususan, global iqlim o‘zgarishi tahdidi fonida zararli sanoat tarmoqlaridan saqlanish uchun yetarli emas, deb hisoblamoqda. Boshqalari soliq qonunchiligidagi rejaga ko‘proq o‘zgartirish kiritishni xohlasa, ba’zilari  umuman olganda bu reja yetarlicha global emas va xarajatlarni ko‘paytirish kerak, degan fikrda.

    Biroq, modernizatsiyalash rejasi Kongress tomonidan qabul qilinishi va qonunga aylanishi uchun Baydenga deyarli barcha demokratlarning ovozi kerak bo‘ladi, ayni paytda reja ikkala palatadan unchalik ko‘p bo‘lmagan ovozga ega.

    The Washington Post xabariga ko‘ra, prezidentning soliqlarni oshirish rejasini respublikachilardan birortasining qo‘llab-quvvatlashi ehtimoli deyarli yo‘q. Senatdagi ozchilik respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnel Baydenning va’dalarini “troya oti” deb atadi va uning maqsadi soliqlarni oshirish, deya da’vo qildi. Vayoming shtati senatori Jon Barasso rejani “mablag‘larning nazoratsiz sotsialistik isrofgarchiligi” deb atadi. Sobiq prezident Donald Tramp esa Baydenning taklifini “o‘ziga o‘zi yetkazilgan tarixdagi eng katta iqtisodiy jarohatlardan biri” deb ta’riflagan.

    Baydenning o‘zi respublikachilarni qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashga ishontirish uchun “halol muzokaralar” olib borishini va’da qildi, ammo baribir rejaning qabul qilinishi zarurligini va demokratlar buning uchun yetarli ovozga ega bo‘lishini qat’iy ta’kidladi.

    Avvalroq The Washington Post gazetasi AQShda 10 yillardan buyon moliyalashtirilmagan infratuzilma achinarli ahvolga kelgani haqida xabar bergandi.

    Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda na respublikachilar, na demokratlar Oq uy va Kongressni boshqarish paytida, xususan, aeroportlar, keng polosali tarmoqlar, transport tizimlari, elektr uzatish liniyalari, portlar va kanalizatsiya kanallarini ta’mirlash va obodonlashtirish uchun zarur miqdorda mablag‘ sarflamagan.

    Mavzuga doir:

    • Bloomberg: AQShda soliqlarni keng ko‘lamda oshirish rejalashtirilmoqda
    • AQSh Senati Jo Baydenning iqtisodiyotni qutqarish bo‘yicha 1,9 trln dollarlik rejasini ma’qulladi

    02.04.2021, 19:23   Izoh (0)   9596
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya sharoitida Ramazon oyini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berdi

    02.04.2021, 15:12

    Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasining egasi ishni sudga oshirmaslik uchun zararni qoplab bermoqchi

    02.04.2021, 14:57

    Rossiya Oliy sudi niqob rejimini bekor qilishni rad etdi. Da’vogarlarning bir qismi niqob taqmagani uchun sudga kiritilmadi

    02.04.2021, 12:46

    Myanmada harbiylar 2 oy ichida 40 dan ortiq bolani o‘ldirgan, eng kichik qurbon 6 yoshda bo‘lgan

    02.04.2021, 11:59

    Dunyoda COVID-19 bilan kasallanish rekord darajada o‘sdi, pandemiya 2021-yilda tugamaydi, Isroilda COVID-bo‘limlar yopilyapti. Koronaxabarlar

    02.04.2021, 10:58

    Tayvanda poyezd relsdan chiqib ketdi, 36 kishi halok bo‘ldi (foto va video)

    02.04.2021, 10:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.