Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkentning Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov YouTube’dagi Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida Toshkent shahridagi tumanlarni Toshkent viloyatidagi tuman va shaharlarga biriktirish siyosati yuzasidan izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Elbek Shukurov.

Elbek Shukurov.
Kadr: YouTube / Alter Ego

Masalan, “O‘zbekiston 24” telekanali “mahallabay” ishlash tizimi haqidagi lavhalarining birida Toshkent shahrining Chilonzor tumani Toshkent viloyatining Angren shahriga biriktirilganini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, Chilonzor tumani hokimligi obodonlashtirish boshqarmasining 100 nafar xodimi Angrenga chiqib, 10 gektar hududni obodonlashtirish ishlari bilan shug‘ullangan. Ular Angrenda ko‘p qavatli uylar oldiga beton quygan, noqonuniy qurilmalarni buzgan, daraxtlarga shakl bergan, transformator shoxobchasini ta’mirlagan, bolalar va sport maydonchalari qurgan.

Sergeli hokimining so‘zlariga ko‘ra, rahbarlar “topshiriqlarni turlicha tushunadi”.

“Topshiriqda asli nima deyilgandi? Sergeli va Yangihayot tumanlari Yangiyo‘l shahriga biriktirilgan. U yerda ham hokim, sektorlar, bizda bor bo‘limlarning hammasi bor... Biz u yerda Sergelida bor samarali tizimlarni tatbiq etishimiz kerak edi. Yangihayot yangi tuman bo‘lgani uchun, u kommunikatsiyalar, yo‘llar, shu yo‘nalishda ishladi, hozir yordam beryapti. Qayerdadir o‘rgatyapti, qayerdadir nima qilish kerakligini, qanday rejalashtirish kerakligini aytib turibdi”, — dedi u.

Hokimning aytishicha, Sergeli tumani Yangiyo‘lga hozirgi kunda Toshkent shahrida uy-joy mulkdorlari shirkat (UJMSh)larining o‘rnini egallayotgan professional boshqaruv kompaniyalarini tizimini joriy etishda yordam bermoqda.

“Bizda to‘rtta shunday kompaniya bor. Men ularning samaradorligi super demoqchi emasman, lekin UJMShlardan ancha yaxshi. Biz shu yo‘nalishda yordam beryapmiz... Ehtimol, qaysidir hokimlar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib u yerga qo‘shimcha odam, vositalar yuborgandir, agar o‘ziga biriktirilgan tumanda, shaharda shunga zarurat bo‘lsa, ular o‘z ishini shunday tashkil qilgandir”, — deya taxmin qildi u.

Elbek Shukurov Yangiyo‘l shahridagi yotoqxonalardar birini ta’mirlashda yordam ko‘rsatganini tan oldi. Uning alohida qayd etishicha, u bu ishni do‘stlarining yordami bilan qilgan va mahalliy byudjetdan mablag‘ sarflamagan.

“Yangiyo‘l hokimining ishi ko‘pligini tushunaman, qayerdadir ulgurmagan yoki ulgurmayotgandir. O‘zim ham hokimligimni va menda ham shunaqa joylar borligini tushunaman. Men shunchaki o‘sha yerda yashaydigan do‘stlarimdan ta’mirlash ishlarini tashkil qilishda yordam so‘radim. Labbay deb chiqishdi, ishni qilishdi. Menimcha, agar o‘z tumanig byudjet mablag‘larini sarflamayotgan bo‘lsang, umuman olganda, imkoniyating bo‘lsa, nega endi yordam bermasliging kerak?”, — dedi hokim.

Elbek Shukurov intervyu davomida, shuningdek, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning shaxsiy va ishbilarmonlik xususiyatlari, Sergeli tumaniga hokim etib tayinlanishi va konteynerga ko‘chib o‘tish niyati yo‘qligi haqida gapirib o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)