Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Braziliyalik sobiq futbol yulduzi, hozirda Ispaniyaning “Valyadolid” klubi prezidenti Ronaldo JCh—2002 musobaqasida nima sababdan noodatiy soch turmagi bilan harakat qilganini tushuntirdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Bu dahshatli edi! Meni ko‘rib, sochini o‘shanday turmak qilgan barcha bolalarning onalaridan uzr so‘rayman. Musobaqa yarim finalidan oldin jarohat oldim va bu haqida Braziliya OAVga gapirishni istamadim. Shu sabab sochimni shunday oldirdim.

Jamoadoshlarimdan yangi soch turmagim haqida so‘radim: “Sizlarga yoqyaptimi?”. Ular javob berdi: “Yo‘q, bu dahshat! Olib tashla”. Biroq jurnalistlar bu soch turmagini ko‘rgandan keyin, jarohatim haqida unutdi.

Ronaldo, sobiq futbolchi

Eslatib o‘tamiz, Ronaldo JCh—2002 musobaqasida 8 ta gol bilan eng yaxshi to‘purarga aylandi. U Germaniyaga qarshi kechgan finalda (2:0) ikkita gol urib, jamoasiga chempionlik olib kelgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi
Dunyo
Oq uy: safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklar AQSHga boshpana so‘rab murojaat qilishi mumkin
Dunyo
Urush bilan Folklend orollarini qaytarib olgan Tetcher, 757 kishi cho‘kib ketgan “Estoniya” paromining siri va Moskvani 20 yil boshqargan Lujkov iste’fosi. Kun xro...