Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) 2021-yilning dastlabki choragi yakunlari bo‘yicha top-5 lik ligalarning eng yaxshi o‘yinchilari reytingini e’lon qildi.
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi birinchi o‘rinda qayd etildi. Argentinalik futbolchi 92,5 ballga (maksimal ball — 100) loyiq ko‘rilgan. Ikkinchi o‘rinda “Bavariya” forvardi Robert Levandovski (89,5) qayd etildi. Kuchli uchlikni “Chelsi” yarim himoyachisi Jorjinyo (89,5) yakunlab bergan.
CIES bu reytingni hisoblashda kuchli beshlik ligalarining 98 klubi futbolchilarini baholab chiqqan. Biroq ro‘yxatdan jamoasining mazkur oraliqda o‘tkazgan o‘yin vaqtining 2/3 qismida qatnashgan o‘yinchilar o‘rin olgan.
CIES talqiniga 2021-yil dastlabki choragining eng yaxshi o‘yinchilari:
1. Lionel Messi (“Barselona”) — (998 daqiqa), reyting – 92,5;
2-3. Robert Levandovski (“Bavariya”) — (1106), 89,5;
2-3. Jorjinyo (“Chelsi”) — (799), 89,5;
4. Ruben Diash (“Manchester Siti”) — (1355), 89,4;
5. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) — (1191), 89,3;
6-7. Nabil Fekir (“Betis”) — (892), 87,6;
6-7. Toni Kroos (“Real”) — (905), 87,6;
8. Andre Silva (“Ayntraxt”) — (1047), 87,4;
9. Lorenso Insinye (“Napoli”) — (1096), 87;
10. Jeydon Sancho (“Borussiya D”) — (878), 86,4.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)