Daryo

Qaymoq qo‘shib, gulkaramdan mazali sho‘rva pishiramiz

Tez hazm bo‘ladigan, mazali taom retseptini e’tiboringizga havola etamiz

1 daqiqa o‘qish17 612 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Tez hazm bo‘ladigan, mazali taom retseptini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • gulkaram — 1500 g;
  • piyoz — 1-2 dona;
  • sarimsoq piyoz — 1-2 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq;
  • sabzavotli bulyon yoki suv — 1 l;
  • tuz, murch;
  • qaymoq;
  • ziravorlar;
Tayyorlanish jarayoni:
  • Qizigan yog‘ solingan qozonga to‘g‘ralgan piyoz, keyin esa maydalangan sarimsoqni solib, 5-6 daqiqa qovuring.
  • Gulkaram soling va ziravorlar qo‘shib aralashtiring.
  • Bulyon quying, qaynab chiqqanidan keyin yana 15 daqiqa past olovda pishiring.
  • Olovdan olib, 10 daqiqadan keyin blender bilan aralashtiring.
  • Qaymoq solib aralashtiring.
  • Olovga qo‘yib yana bir necha daqiqa pishiring.
  • Dasturxonga tortishdan avval limon bo‘lagi va ko‘katlar bilan bezang.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar