Daryo

Ismaloq va yashil no‘xatdan vitaminlarga boy sho‘rva tayyorlaymiz

Qotirilgan non bo‘laklari va limon bilan bezashingiz mumkin

1 daqiqa o‘qish34 592 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Sariyog‘ o‘rniga yogurtdan foydalangani sabab taom yanada mazali va foydali chiqadi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • kartoshka — 2 dona;
  • ko‘k piyoz;
  • sarimsoq piyoz — 1-2 dona;
  • sabzavotli yoki tovuqli bulyon — 1l;
  • yashil no‘xat — 250 g;
  • ismaloq — 100 g;
  • tabiiy yogurt — 300 ml;
  • tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  • kartoshkani o‘rtacha kattalikda to‘g‘rang, piyoz va sarimsoqni maydalang;
  • mahsulotlarni qozonga solib ustidan bulyon quying, qaynab chiqqanidan keyin yana 15 daqiqa qaynating;
  • yashil no‘xat soling;
  • olovni o‘chiring, ismaloq va yogurt qo‘shing;
  • blender yordamida aralashtiring;
  • tayyor sho‘rvaga tuz va murch qo‘shing;
  • qotirilgan non bo‘laklari va limon bilan bezashingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar