Daryo

Basmati guruchi, tuxum va baliqdan tayyorlanadigan hindcha taom retsepti

Tushlik va kechki ovqat uchun ayni muddao

1 daqiqa o‘qish39 095 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Ingliz oshxonasining eng mazali taomlaridan hisoblangan, ammo kelib chiqishi Hindistonga borib taqaladigan taom retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • tuxum — 4 dona;
  • basmati guruchi — 170 g;
  • tuz, murch;
  • piyoz — 2 dona
  • sariyog‘ — 50 g;
  • dudlangan baliq — 450 g;
  • sut — 200 ml;
  • lavr yaprog‘i — 2 dona;
  • limon — 1 dona;
  • karri, kardamon;
  • petrushka.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tuxumni qaynatib oling.
  2. Guruchni tuzli suvda pishirib oling.
  3. Ingichka to‘g‘ralgan piyozni sariyog‘ solingan tovada qovurib oling.
  4. Qozonga baliq ustidan esa sut solib, 6 daqiqa davomida qaynating.
  5. Baliqni tozalang.
  6. Qovurilgan piyozga karri, kardamon va lavr yaprog‘ini qo‘shing.
  7. Pishgan guruchni piyozli aralashmaga qo‘shib aralashtiring.
  8. Yirik bo‘laklarga bo‘lingan baliqni ham guruchga qo‘shing.
  9. Limon sharbati qo‘shing.
  10. Tuxumni to‘rt bo‘lakka bo‘lib, taom ustiga qo‘shing.
  11. Maydalangan petrushka bilan bezang.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar