• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida shifokorlar Prezident topshirig‘i bo‘yicha Chirchiqdagi yigit uyiga tashrif buyurdi

    Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Chirchiqqa amalga oshirgan tashrifi davomida shahardagi xonadonlarning birida yashovchi Anife Bektoshova oilasida bo‘ldi. Qayd etilishicha, Anifening Vladislav ismli o‘g‘li uch yil oldin basseynga noqulay sakrab umurtqasi va oyog‘idan qattiq lat yegan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yigit Prezidentga reabilitatsiya uchun yordam kerakligini, biroq davolanishda asosan o‘zi harakat qilishi lozimligini, sog‘ayishi organizmiga bog‘liqligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u davolanishiga yordam berishga qodir murabbiy topganini, biroq uning Toshkentdan kelib, 12 soat shug‘ullanishi 100 dollar ekanini ma’lum qilgan.

    Shundan so‘ng davlat rahbari ushbu bemorning oldiga Sog‘liqni saqlash vazirligidan vakillar kelib, yordam berishiga topshiriq bergan.

    Prezidentning ushbu topshirig‘i bo‘yicha Vladislavning xonadoniga 20-mart kuni Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov hamda sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev boshchiligida travmatologiya va nevroxirurgiya bo‘yicha mutaxassis shifokorlar tashrif buyurdi. Ular Vladislavni tekshiruvdan o‘tkazib, holatini o‘rgandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi vakillari tomonidan o‘tkazilgan suhbat davomida bemor V.A.Denisenko, shuningdek, uning onasi A.Bektasheva bemorning sog‘lig‘ini tiklash uchun 2019-yil koronavirus pandemiyasi boshlanishidan avval xususiy reabilitatsiya shifokori, mashqlar terapiyasi bo‘yicha murabbiy yollashganini ta’kidlagan. Mashg‘ulotlardan so‘ng bemorning ahvolida ijobiy o‘zgarish kuzatilgan, mushak tonusi va bemorning psixologik holati yaxshilangan. Mashg‘ulotlardan so‘ng bemorning to‘liq tiklanishiga ishonch paydo bo‘lgan.

    Pandemiya paytida mashg‘ulotlar onlayn rejimiga o‘tkazilgan.

    Tegishli reabilitatsiya mutaxassisi Vladislav bilan kunora mashg‘ulotlar olib borgan. Ularning bir sikli 12 mashg‘ulotdan iborat bo‘lgan. 1 siklning narxi 100 AQSh dollarini tashkil qilgan. Otasining vafoti va oilaning og‘ir moddiy ahvoli sabab hozirda bemorni davolash to‘xtab qolish xavfi ostida.

    Vladislav va uning onasi davolanish kursini davom ettirish istagini inobatga olgan holda, bemorni reabilitatsiya qilish uchun unga qo‘shimcha maqsadli moddiy yordam kerakligi ta’kidlandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mutaxassislar tomonidan yuqoridagilarni hisobga olgan holda va bemorni to‘liq reabilitatsiya qilish uchun quyidagilar tavsiya etildi:

    • uy sharoitida reabilitatsiya mashg‘ulotlarini davom ettirish;
    • uyning kirish qismida pandus qurishni tashkil etish.
    Shuningdek, bemorga shifokorlar tomonidan reabilitatsiya choralari, mashqlar terapiyasi, jismoniy muolajalar, yashash joyidagi travmatologning doimiy kuzatuvida bo‘lish tavsiya qilingan.

    Vladislav ahvolidan xabar olingach, “Daryo” muxbiri shifokorlardan biri – Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov bilan suhbatlashdi.

    Murod Irismetov

    Murod Irismetov
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    – Mana, Vladislav ahvoli bilan tanishib oldingiz, aytingchi, uning tuzalib ketishiga umid bormi?

    – Avvalambor shuni aytish kerakki, bu yigitimizning o‘zi — sportchi. Biz tekshirib ko‘rganimizdan keyin muskullarining sezuvchanligi bel qismigacha tushgani aniqlandi. Yigit o‘zini tashlab qo‘ymagan. Bu bola bilan gaplashganda bildimki, bu bolaning irodasi kuchli, unda judayam kuchli ishonch bor.

    Jarohat to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, bu juda og‘ir jarohat. Yoshlarimiz suv havzalarida cho‘milayotganda judayam ehtiyot bo‘lishi kerak. O‘ziga juda qattiq ishonib yuborish kerakmas. Ana shu bosh bilan sho‘ng‘igan vaqtda jarohat olgan.

    Shu kungacha qilingan muolajalar yaxshi yordam bergan. Men o‘ylaymanki, jarohat og‘irligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu bolaga faqat vaqt kerak bo‘ladi. Lekin bu bola orqa miyaning zararlanishi va umurtqa sinishi bilan bog‘liq jarohatdan so‘ng o‘zini tashlab qo‘ymagan.

    Bugun bizning, mana kecha davlatimiz rahbarining tashriflaridan so‘ng yigitning ishonchi va irodasi kuchaydi. Biz Vladislavni tashlab qo‘ymaymiz. Har doim xabardor bo‘lib turamiz.

    Boya o‘ziga ham tushuntirdim, agar biz sog‘lom odamni 1 hafta qimirlatmasdan yotqizib qo‘ysak, uning 85 foiz mushaklarining tonusi ketib qoladi. Agar bu jarayon yillar davomida davom etsa,bu muskullar lattaga aylanib qoladi. Lekin bu yigitimizda bu narsa yo‘q. Qo‘l muskullarining tonusi yaxshi saqlangan.

    Men o‘ylaymanki, bizning ko‘rigimiz va tavsiyalarimiz Vladislavga kuch bag‘ishlaydi.

    – Davolash bo‘yicha qanday rejalar qilingan?

    – Vladislavda amaliyotlar bajarilgan, mana bizning Nevroxirurgiya markazimiz tomonidan juda ham buyuk ishlar qilingan. Ya’ni, kelgan vaqtda to‘g‘ri muolajalar o‘tkazilib, bemorni to‘g‘ri yo‘nalishda davolashgan. Men o‘ylaymanki, shularning natijasida yigit hozirgi holatga keldi. Bundan keyin, mana biz hozir konsilium qildik. Bemorga hozircha operativ davo muolajalariga ko‘rsatma yo‘q. Hozir faqat vaqt kerak va shu vaqt davomida bizlar reabilitatsiya o‘tishimiz kerak. Reabilitatsiya — bu bemorning ruhiy va jismoniy holatini hayotga qaytarish, — deydi Murod Irismetov.

    Shuningdek, bemor haqida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi shifokori G‘ayrat Kariyev ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

    G‘ayrat Kariyev

    G‘ayrat Kariyev
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    – Bemorning jarohat olganiga uch yil bo‘lgan. Bizning markazga olib kelinganida juda og‘ir ahvolda edi. Orqa miyasi va umurtqasi jiddiy jarohat olgandi. Uning boshi va bo‘ynidan boshqa yeri harakatlanmasdi.

    Davolanishning 5-kuni yelka sohasi va qo‘llari harakatlana boshlagan. Shundan uch yil o‘tdi. Bu vaqt davomida bolaning otasi uni mamlakatimizda va Rossiyada davolatgan. Shuningdek, bolaning otasi uning uyida sportzal tashkil qilib bergan. Unda yigit doim shug‘ullangan.

    Davo topishga umid bor, yigit mashg‘ulotlarni to‘xtatmasligi kerak. Uning ko‘zlarida ishonch bor, unda optimizm bor. Lekin nimadir deyishga baribir erta. Vaqt kerak, muolaja kerak.

    Mavzuga doir:

    • Foto: Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so‘ng “Iftixor” mahallasiga joylashtirilgan IIB boshlig‘ining xizmat uyi
    • “Minglab aholi ‘uy bering’ deb turibdi. Nega hech kim Buxoro tajribasini o‘rganmaydi?” — Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahri haqida

    20.03.2021, 23:33   Izoh (0)   43047
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda “stoyanka” qurish uchun arxeologik hududdan tuproq qazigan tadbirkor javobgarlikka tortilishi mumkin

    20.03.2021, 23:13

    Sergelida 500 dollar evaziga avtomashina oynalari tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

    20.03.2021, 22:39

    Toshkentda fuqarodan aldov yo‘li bilan 805 ming dollar olib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan shaxs ushlandi

    20.03.2021, 21:55

    Farg‘onada er Turkiyaga ketmoqchi bo‘lgan xotinini rashk sabab o‘ldirib qo‘ydi

    20.03.2021, 20:38

    O‘zbekiston hududiga kirib kelish bo‘yicha yangi tartib o‘rnatildi

    20.03.2021, 20:15

    Foto: Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so‘ng “Iftixor” mahallasiga joylashtirilgan IIB boshlig‘ining xizmat uyi

    20.03.2021, 20:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.