Daryo

Bryussel karamidan frikadelkalar tayyorlaymiz

Garnir uchun kartoshka yoki sabzavotdan foydalaning

1 daqiqa o‘qish20 237 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Mazali va to‘yimli taom sevimli ovqatlaringiz sirasidan joy olishi aniq.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • qiyma — 800 g;
  • piyoz — 1 dona;
  • petrushka;
  • tuxum — 2 dona;
  • tuz;
  • quritilgan sarimsoq piyoz;
  • murch;
  • Bryussel karami— 500 g;
  • tomat sousi — 900 g;
  • suv — 240 ml.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Piyoz va petrushkani maydalang.
  • Qiymaga piyoz, petrushka va tuxum qo‘shing, tuz sepib aralashtiring.
  • Karam ichiga qiyma solib chiqing.
  • Sharchalarni pechga qo‘yish uchun mo‘ljallangan idishga soling.
  • Tomat sousi qo‘shilgan suvli aralashmani sharchalar ustidan quying.
  • Idishning ustini yopib 175 daraja qizigan pechda 80 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Garnir uchun kartoshka yoki sabzavotdan foydalaning.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar