Daryo

Sirdaryoda uch oylik chaqalog‘ini 3 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB TEQKB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish31 736 ko‘rishlar0 izoh0

Sirdaryoda 3 oylik chaqalog‘ini 3 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi, deb xabar beradi “Sirdaryo yangiliklari” nashri.

Foto: “Sirdaryo yangiliklari”

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-fevral kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 25 yoshli (Navoiy viloyati Nurota tumanida tug‘ilgan, 3 nafar farzandning onasi Sirdaryo tumanida yashab kelayotgan) fuqaro I.S.ga o‘zining 2020-yil 1-dekabr kuni tug‘ilgan o‘g‘lini tadbir ishtirokchisiga 3 ming AQSh dollari evaziga sotgan vaqtda ushlangan. Undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB TEQKB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Namanganda bir yoshga to‘lmagan o‘g‘lini 4700 dollarga sotishga uringan ayol ushlangani, Urganchda tug‘ilmagan bolasini 9 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin qo‘lga olingani, Navoiyda bir oylik chaqalog‘ini 3 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qilgani, Kattaqo‘rg‘onda 2 yoshli o‘g‘lini 2500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida 3 yoshli o‘g‘lini 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U bundan oldin ham 5 yoshli o‘g‘lini sotib yuborgan

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar