Daryo

Urganchda tug‘ilmagan bolasini 9 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin qo‘lga olindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish51 918 ko‘rishlar0 izoh0
Pregnancy and surrogacy concept - pregnant woman hand holding dollar currency cash

Urganch tumanidagi Bekobod qishlog‘ida yashovchi P.K. nikohsiz yashayotgan turmush o‘rtog‘i bilan jinoiy til biriktirib, hali tug‘ilmagan 4 oylik farzandini sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Postda.uz” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hazorasplik T.B. homilaga xaridor bo‘lgan. Ikki tomon kelishuvi asosida 4 oylik homila tug‘ilgandan so‘ng olish sharti bilan 9000 dollarga baholangan.

P.K. turmush o‘rtog‘i bilan kelishilgan pulning 6000 dollarini olayotgan paytida ashyoviy-dalillar bilan qo‘lga olingan

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda oxirgi ikki yil ichida chaqaloq savdosi bo‘yicha 49 nafar ota-ona va 38 nafar vositachi ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ammo aybdorlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llashda yengilliklar berib yuborilmoqda. Xususan, 2019—2020-yillarda farzandini sotgan ota-onalarning 38,8 foiziga, vositachilarning esa bor-yo‘g‘i 5,2 foiziga qamoq chorasi qo‘llanilgan, xolos. Qolganlariga esa sinov muddati, axloq tuzatish ishlariga jalb etish kabi choralar qo‘llanilgan. 2020-yilning dekabr oyida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva chaqaloq savdosi ishtirokchilariga nisbatan jinoiy jazoni kuchaytirish lozimligini ta’kidlab, IIV va Oliy sud vakillariga topshiriq bergan.

2017—2020-yillardagi holatlar tahliliga ko‘ra, o‘z chaqalog‘ini sotgan ayollarning 31 foizi og‘ir ijtimoiy ahvolda ekanligi sababli, 17 foizi homilani yashirish, 52 foizi esa moddiy manfaat topish maqsadida ushbu jinoyatlarni sodir etgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar