Daryo

Namanganda bir yoshga to‘lmagan o‘g‘lini 4700 dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Ushbu ayolga 2020-yilda kam ta’minlangan oilalar uchun qurilgan ko‘p qavatli uydan kredit asosida 2-xonali uy berilgan

1 daqiqa o‘qish28 886 ko‘rishlar0 izoh0

DXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir yoshga to‘lmagan o‘g‘lini sotishga uringan ayol qo‘lga olindi, deb xabar beradi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, Uychi tumanida yashovchi 31 yoshli ayol 2020-yil iyun oyida tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 4700 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning yanvar oyida kam ta’minlangan oilalar uchun qurilgan ko‘p qavatli uydan ushbu ayolga kredit asosida 2-xonali uy berilgan bo‘lib, uning boshlang‘ich to‘lovi davlat hisobidan to‘lab berilgan.

Shuningdek, pandemiya davrida uning holidan xabar olinib, mahalliy hokimlik organlari tomonidan 1,8 million so‘m berilgan hamda 3 marotaba (oxirgi marta 2021-yilning 3-fevral kuni) oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam ko‘rsatilgan.

Avvalroq Urganchda tug‘ilmagan bolasini 9 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin qo‘lga olingani, Navoiyda bir oylik chaqalog‘ini 3 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qilgani, Kattaqo‘rg‘onda 2 yoshli o‘g‘lini 2500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida 3 yoshli o‘g‘lini 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U bundan oldin ham 5 yoshli o‘g‘lini sotib yuborgan

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar