Daryo

Kattaqo‘rg‘onda 2 yoshli o‘g‘lini 2500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Ayol “Sashka” va “Hilol” ismli shaxslarga birinchi turmush o‘rtog‘idan tug‘ilgan, voyaga yetmagan o‘g‘lini sotishga uringan

1 daqiqa o‘qish52 096 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ikki yoshli o‘g‘il farzandini 2500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Kattaqo‘rg‘on tumani IIB xabar qildi.

Foto: Kattaqo‘rg‘on tumani IIB

Ma’lum bo‘lishicha, Kattaqo‘rg‘on tumanining “Kadan” mahallasida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan ayol “Sashka” va “Hilol” ismli shaxslarga birinchi turmush o‘rtog‘idan 2018-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 2500 dollarga sotishga uringan.

Ayni kundagi turmush o‘rtog‘i S.Q. bilan shar’iy nikoh asosida yashab kelgan X.X. 2021-yilning 6-yanvar kuni, taxminan, soat 18:00 da tuman IIB JQB va TEQKB xodimlari tomonidan olib borilgan “Nazorat” tezkor tadbirida kelishilgan pullarning 1500 dollarini olgan vaqtda qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar