O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi va ushbu lavozimga deputat Odiljon Tojiyev saylandi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar qildi.

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Odiljon Tojiyev Qonunchilik palatasining raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, yangi spiker o‘rinbosari jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish va parlament imiji masalalariga ham mas’ul hisoblanadi.

Bundan avval Qonunchilik palatasi deputati OTMga kira olmagan o‘quvchilari sababli maktab direktorlarining ishdan olinishiga o‘z munosabatini bildirgani hamda Rasul Kusherbayev xalq hokimlarni saylashga tayyorligini aytgani haqida xabar berilgandi.