“Titanik” filmining yakuni boshqacha tugashi mumkin edi. Internetda tarqalgan muqobil variantda keksa Rouzni palubada, “Okean yuragi” taqinchog‘ini suvga tashlashidan oldin topib olishgani tasvirlangan, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

Ekspeditsiya yetakchisi Brok Lavett Rouzdan o‘ylab ko‘rishini va “Okean yuragi”ni tashlamaslikni so‘raydi. Rouz esa bunga javoban “Sizlar boylikni boshqa joydan qidiryapsizlar, janob Lavett. Faqatgina umr, uning har bir kuni bebaho”, — deya javob qaytargan.

Taqinchoq okeanga tushib ketadi va Rouz Lavett bilan xandon otib kula boshlaydi. Ekspeditsiya a’zolari g‘azabda, ulardan biri “Bu haqiqatan ham ahmoqlik, xonim!” — deya baqiradi. Sahna Lavettning Rouzni nevarasi bilan raqsga tushishi bilan yakunlangan.

Muqobil yakun haqida ancha oldin ma’lum bo‘lgan, biroq hozirda u yana Twitter’da muhokamalarga sabab bo‘ldi. “‘Titanik’ning muqobil finali juda kulgili. Bu filmni shunchaki yo‘q qilgan bo‘lardi”, — deb yozadi foydalanuvchilar.

Bu kabi yakunga Brok Lavett roli ijrochisi Bill Pekston ham munosabat bildirgan. Yahoo’ga bergan intervyusida u mazkur sahnani faqatgina geroin ostida yaxshiroq o‘ynashi mumkinligini tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, film rejissori Jeyms Kemeron shu orqali kartinani zamonaviylashtirmoqchi bo‘lgan, biroq oxir-oqibat ushbu fikrdan qaytgan.

Shuningdek, foydalanuvchilar Leonardo Di Kaprioning qahramonini saqlab qolish imkoni bo‘lganini muhokama qilgan.