Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Jizzax shahrida joylashgan Master Building Products mas’uliyati cheklangan jamiyatida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 19-fevral kuni soat 09:05 da Jizzax shahar “Sanoat A” hududida joylashgan Master Building Products plastmassa quvurlari ishlab chiqarish qo‘shma korxonasi hududida joylashgan kompressor binosida yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

“Xabar asosida voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 09:10 da yetib borgan, yong‘in soat 09:18 da o‘rab olinib, 09:40 da to‘liq o‘chirilgan”, — deyiladi xabarda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Yong‘in oqibatida binoning taxminan 90 kvadrat metr maydonida shift qismi hamda uskunalar yongan. Olib borilgan harakatlar natijasida ishlab chiqarish sexining 1400 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Nukusda eshik ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz bergani, Namangandagi xonadonda ro‘y bergan yong‘in bir soatdan so‘ng bartaraf etilgani, Farg‘onadagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in kelib chiqqani, Gulistondagi “Eski bozor” hududida joylashgan qassobxonada yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda