Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro Ligasining 2019/20-yilgi mavsumi 20-turidan o‘rin olgan “Neftchi” — “Turon” uchrashuvida hakamni tepgan “Neftchi” futbolchisi Jamshid To‘raqulov ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Farg‘ona klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Neftchi” FK

Foto: “Neftchi” FK

Qayd etilishicha, Jamshid To‘raqulov bilan birgalikda Farg‘ona klubining boshqa bir futbolchisi Doston Toshmatov ham 19-fevral, juma kuni sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.

O‘zbekiston futbolchilar kasaba uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyevning “Tribuna.uz” nashriga ma’lum qilishicha, 15-fevral kuni o‘tgan sud majlisida Farg‘onadagi o‘yinni boshqargan hakamlarning o‘zlari ham ishtirok etib, futbolchilarga nisbatan hech qanday adovati yo‘qligi, ularning ozod etilishlariga qarshi emasliklarini bildirgan. 19-fevral kuni ertalab sud majlisi bo‘lib, kechga yaqin sud hukmi e’lon qilinib, futbolchilar ozodlikka chiqarilgan. Shuningdek, Murzoyev futbolchilarga nisbatan O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi tayinlagan jazolar hali amaldaligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Murzoyev futbolchilarga nisbatan O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi tayinlagan jazolar hali amaldaligini ma’lum qilgan.

Jamshid To‘raqulov va Doston Toshmatovga nisbatan O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi tayinlagan jazo choralari hali amalda. Bu masalada ham murojaat etib, qandaydir yechim izlashga harakat qilib ko‘ramiz. Har holda futbolchilarning o‘zlari ham xato qilganini to‘liq anglab yetgan. Bo‘lib o‘tgan ishlardan juda ham pushaymon. Ular to‘g‘ri yo‘lga qaytishiga ishonamiz. Buyog‘iga ularning tarbiyasi va keyingi hayoti haqida ham qayg‘urishimiz kerak.

Kamoliddin Murzoyev, O‘zbekiston futbolchilar kasaba uyushmasi raisi

Nashr Jamshid To‘raqulovning otasi Lochin To‘raqulovning fikrlarini ham taqdim etdi. U o‘g‘lini bir oy davomida ko‘rmaganini ta’kidlagan.
Qariyb 40 kun tergovda bo‘ldi, o‘g‘lim. Undan keyin ish sudga oshirildi. Oqibatda bir oy o‘g‘limiz bilan ko‘risha olmadik. Shuncha vaqt Farg‘onadagi “Toshturma”da edi. 15-fevral kuni birinchi sudi bo‘ldi. Bugungi suddan keyin esa shukrki, uyga o‘g‘limiz bilan qaytdik. Xursandchilikdan hamma uyimizga kelyapti. Klubdagilar ham joylarga xat bilan chiqib, yordam berishdi. Sudda ham qatnashishdi. Sudning yakuniy hukmiga ko‘ra, 3 yil, 9 oyga uy qamog‘ida bo‘ladi deyishdi. Ya’ni, kechki soat 22:00 dan saharlab 06:00 gacha tashqariga chiqishi mumkin emas ekan. Shunga qaramay men ham, onasi ham, qarindoshlar, hammamiz Jamshid bag‘rimizga qaytganidan juda ham xursandmiz. 20 kun ichida apellyatsiya berishimiz mumkin ekan. Hali advokatimiz bilan yana maslahatlasharmiz.

Lochinbek To‘raqulov, Jamshid To‘raqulovning otasi

Eslatib o‘tamiz, “Neftchi”—“Turon” uchrashuvi tugaganidan keyin “Neftchi” futbolchilari va muxlislar hakamlarga tashlangandi. Vaziyatlarning birida farg‘onaliklar o‘yinchisi uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga oyoq bilan zarba bergan. Keyinchalik hakamga zarba bergan futbolchi 98-raqamli Jamshid To‘raqulov ekanligi ma’lum bo‘lgandi.

Shundan so‘ng o‘yindan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklarda ishtirok etgan besh nafar shaxsga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani va olti kishiga nisbatan jinoyat ishi ochilgani, ular orasida ikki nafar “Neftchi” futbolchilari ham borligi haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh va Ichki ishlar vazirligi “Neftchi” — “Turon” uchrashuvining tashkiliy ishlariga mas’ul barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvda yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borgandi. Surishtiruv natijalariga ko‘ra quyidagicha qarorlar qabul qilingandi:

  • “Neftchi” klubi futbolchisi Jamshid To‘raqulov uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga qasddan tan jarohati yetkazgani uchun unga nisbatan O‘FA Intizom kodeksining 5.6 va 5.49-bandlariga asosan 10 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlatish intizom chorasi qo‘llandi;
  • “Neftchi” klubi futbolchilari Sherzod Abduraimov, Sanjar Zokirov va Jamshid Qobulov uchrashuv bosh hakamiga hujum qilganligi uchun ularning har biri O‘FA Intizom kodeksining 5.48-bandiga asosan 1 yil muddatga futboldan chetlatildi va 15 million so‘mdan jarimaga tortildi;
  • “Neftchi” klubi futbolchisi Doston Toshmatov uchrashuv yordamchi hakami Saylavovga nisbatan tajovuzkor harakat qilganligi uchun Intizom kodeksining 5.49-bandiga asosan 10 ta rasmiy uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi;
  • Uchrashuv yakunlangandan so‘ng muxlislar futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, “Neftchi” futbol klubi mas’ullari jamoat tartibini saqlash bilan bog‘liq yetarlicha choralar ko‘rilishini ta’minlamagani uchun “Neftchi” futbol klubiga nisbatan Intizom kodeksining 5.4-bandiga asosan 3 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazish va 100 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda