Britaniyadagi Lotus avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi 2030-yilgi bardoshlilik poygalari uchun yangi Lotus E-R9 nomli elektrogiperkarni taqdim etdi, deb xabar beradi CARakoom.

Foto: CARakoom

Loyiha Lotus kompaniyasining bosh aerodinamigi Richard Xill, shuningdek, Lotus Evija elektrosuperkarining bosh muhandisi Luis Kerr tomonidan yaratilgan.

Lotus E-R9 uchburchak korpusning bir qismiga aylangan harbiy qiruvchi samolyotdagi kabi qubbaga ega bo‘lgan. Superkar ko‘plab aerodinamik yechimlar bilan ajralib turadi, jumladan, Lotus “transformatsiyalanuvchi” korpus paneli va vertikal joylashgan rul boshqaruviga ega.

Foto: CARakoom

“O‘zgaruvchan” kuzov panellari havo oqimiga nisbatan o‘z shakli va holatini o‘zgartira oladi. Bu tugmani bosish orqali yoki datchiklardan ma’lumotlarni avtomatik uzatish orqali amalga oshiriladi. Gap shundaki, ushbu panellar to‘g‘ri yo‘llarda va burilishlarda minimal qarshilikni ta’minlay oladi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, Lotus E-R9’ning orqa qismidagi vertikal rullar burilishlarda orqa g‘ildiraklarning yo‘l bilan aloqasini o‘zgartirmagan holda boshqaruvni sozlash imkonini beradi. “Qarshimizda nafaqat oddiy usul, balki samolyot kabi boshqariladigan poyga avtomobili turibdi”, — deyiladi xabarda.

Foto: CARakoom

Avtomobil nomidagi R harfi Endurance Racer ma’nosini bersa, 9 raqami kompaniyaning poyga tarixiga hurmat ramzi hisoblanadi, xususan, kompaniyaning birinchi poyga avtomobili bo‘lgan Lotus Mark IX 1955-yili 24 soatli Le-Man poygalarida ishtirok etgan.

Lotus E-R9 elektr energiyasida ishlaydigan dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, mashinadagi har bir g‘ildirak mustaqil ravishda harakatga keladi va bu aylanuvchi moment vektorini o‘zgartirishi mumkin.

Foto: CARakoom

“Batareyalardagi energiyaning zichligi va taqdim etiladigan quvvat yildan yilga ortib bormoqda. 2030-yilga borib ikkala davrning eng yaxshi jihatlarini o‘zida birlashtirgan kimyoviy tarkibi turli elementlardan iborat bo‘lgan batareyalarga ega bo‘lamiz, shuningdek, pit-stop vaqtida batareyalarni tezda almashtirish imkoniyati yuzaga keladi”, — deydi Luis Kerr.

Avvalroq AQShda samolyotga aylana oladigan avtomobil taqdimoti bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.