Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida olti nafar egizak — to‘rt nafar qiz, ikki nafar o‘g‘il tug‘ilganligi va bu O‘zbekiston uchun rekord ko‘rsatkich ekani haqidagi tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Bu xabar haqiqatga zid. Termiz shahri va tumanida bunday tug‘ilish qayd etilmagan. Oxirgi ko‘p farzand tug‘ilishi hududimizda 3-fevral kuni bo‘lgan, ya’ni Angor tumanida 1990-yilda tug‘ilgan Mahbuba Abdumurodova shu kuni uch farzandini kesarcha kesish yo‘li orqali dunyoga keltirgan. Birinchi farzandi qiz (vazni 2950 gramm, bo‘yi 49 sm), ikkinchisi o‘g‘il (vazni 2900 gramm, bo‘yi 47 sm) va uchinchisi ham o‘g‘il (2200 gramm bo‘yi 46 sm). Hozirda ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda”, — deydi Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abduvohidov.

Avvalroq 2020-yilda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida uch egizak qizaloq tug‘ilgani va ushbu tumanda egizaklarning tug‘ilishi oxirgi marotaba 33 yil ilgari qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi
Dunyo
Sovuq urushni rasman yakunlagan Bush va Yelsin, Fransiyaga qochib ketgan mashhur rejissor — Roman Polanski va “Buyuk golland toshqini”. Kun xronologiyasida 1-fevra...
Biznes
Kremniy vodiysini zabt etgan o‘zbekistonlik huquqshunos: Asror Arabjonov AQSHga qanday borib qolgani, viza va startaplari haqida