Daryo

O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi vaksina sinovida ishtirok etadiganlar soni qariyb ikki baravar oshirildi

Xitoy kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 vaksinasi uchinchi sinov bosqichlarida 5 ming emas, 9 ming kishi ishtirok etadi

1 daqiqa o‘qish20 638 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda Xitoy kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 vaksinasining uchinchi sinov bosqichlarida besh ming emas, to‘qqiz ming kishi ishtirok etadi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi

“Tadqiqot ko‘lamining kengaytirilishiga sabab, birinchidan, tadqiqot ishtirokchilari sonining ikkinchi va uchinchi doza emlash bosqichida kamayish ehtimoli mavjudligidadir. Ikkinchidan, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgani bois koronavirusning vaksina olganlarga ta’sirini o‘rganish qiyinlashmoqda. Negaki, vaksinaning ta’siri organizmga virus ta’sir qilganda aniqlanadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, vaksina sinovlarida ishtirok etayotgan ko‘ngillilarning yarmi vaksina emas, platsebo olayotgani ham ham eslatib o‘tilgan.

Ma’lumot uchun, Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan mazkur ZF 2001 rekombinant vaksinasining sinovlari ikki-tomonlama noma’lum, platsebo nazorat usulida olib borilmoqda. Ushbu vaksina sinovi O‘zbekistonda 10-dekabr kuni boshlangan bo‘lib, u 14 oy davom etadi.

Ushbu sinovda ko‘ngilli bo‘lib qatnashish uchun rozilik xatiga imzo chekkan, amal qilish muddati o‘tmagan identifikatsion hujjat taqdim etgan, test protokoli talablarini tushungan va unga mos kelgan, shuningdek, avval COVID-19’ga chalinmagan 18 yoshdan katta, sog‘lom fuqarolar ishtirok etmoqda.

Vaksina sinovlaridan ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar