Daryo

O‘zbekistonda vaksina sinovida qatnashishni istagan ko‘ngillilar soni 10 ming nafardan oshdi

Ulardan 4447 nafari vaksinaning 1-dozasi bilan va 364 nafari vaksinaning 2-dozasi bilan emlandi

1 daqiqa o‘qish22 598 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonda Xitoyning koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasi sinovida ishtirok etishni istagan ko‘ngillilar soni 25-yanvar holatiga ko‘ra, 10 058 nafarni tashkil etdi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Innovatsion rivojlanish vazirligining xabar berishicha, ulardan 4 447 nafari vaksinaning 1-dozasi bilan va 364 nafari vaksinaning 2-dozasi bilan emlandi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu sinovda ko‘ngilli bo‘lib qatnashish uchun rozilik xatiga imzo chekkan, amal qilish muddati o‘tmagan identifikatsion hujjat taqdim etgan, test protokoli talablarini tushungan va unga mos kelgan, shuningdek, avval COVID-19’ga chalinmagan 18 yoshdan katta, sog‘lom fuqarolar ishtirok etmoqda.

Vaksina sinovlaridan ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan mazkur ZF 2001 rekombinant vaksinasining sinovlari ikki-tomonlama noma’lum, platsebo nazorat usulda olib borilmoqda. Ushbu vaksina sinovi O‘zbekistonda 10-dekabr kuni boshlangan bo‘lib, u 14 oy davom etadi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston aholisini koronavirusga qarshi emlash qachondan boshlanishi aytildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar