Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Polshada homilani oldirishni taqiqlash to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy sud qarori kuchga kirganidan so‘ng mamlakatda yana norozilik namoyishlari boshlandi. Bu haqda 28-yanvar kuni Polska Agencia Prasowa’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Konstitutsiyaviy sud homilaning jiddiy nuqsonlari yoki uni hayotga tahdid soladigan davosiz kasallikka duchor bo‘lishini abort qilishga asos bo‘ladigan sabablar qatoridan chiqarib tashladi. Endi Polshada abortga faqat zo‘rlanganda yoki onaning hayotiga tahdid bo‘lgan taqdirdagina ruxsat beriladi.

Shu sababli Umumpolsha ayollar ish tashlash yetakchilari barcha ayollarni norozilik namoyishlarida qatnashishga chaqirgan. Varshavada yuzlab namoyishchilar Konstitutsiyaviy sud binosi oldida to‘planib, hukmron partiya “Qonun va adolat” partiyasi ofisiga borgan.

Namoyishchilar soni bir necha ming kishiga yetib, ular Konstitutsiyaviy sud binosi yoniga qaytib kelgan. Politsiya namoyishchilar harakatini kuzatib turgan, ammo aralashmagan.

Eslatib o‘tamiz, 22-oktabrda Polsha Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda homila patologiyasi tufayli abort qilishga ruxsat berilishini asosiy qonunga zid deb topgandi. Bunga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlangandan so‘ng, Polsha prezidenti Anjey Duda qonunga tuzatishlar kiritilishini aytgan, noyabr oyida homilani oldirishga qo‘yilgan taqiq keyinga qoldirilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi