Narzullo Oblomurodov O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi yig‘ilishida Narzullo Oblomurodov bir ovozdan rais etib saylangan. U bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Ikki oy avval, 2020-yilning noyabr oyida Komiljon Tojiboyev O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi etib saylangan edi. Uning nima sababdan ishdan olingani hozircha noma’lum.