Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining chorak finalidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin 28-yanvar, payshanba kuni “Napoli” va “Spetsiya” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limida neapolliklar raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi. Gollarga Kalidu Kulibali, Irving Losano, Matteo Politano va Elmas mualliflik qildi.

Mehmonlar ikkinchi bo‘limda ikkita to‘p bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Jennaro Gattuzo shogirdlari “Inter”, “Atalanta” va “Yuventus” ortidan yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

“Napoli”—“Spetsiya” uchrashuvida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — videosharh.

Italiya Kubogi

Chorak final bahsi

28-yanvar, payshanba

“Napoli” — “Spetsiya” 4:2

Gollar: 1:0 – 5 Kulibali, 2:0 – 20 Losano, 3:0 – 30 Politano, 4:0 – 40 Elmaz, 4:1 – 71 Jasi, 4:2 – 73 Akampora.

“Napoli”: Ospina, Mariu Ruy, Manolas, Kulibali, Hyusay, Insinye, Zelinski (Lobotka, 69), Politano (Di Lorenso, 88), Elmaz (Osimhen, 69), Losano (Mertens, 46; Bakayoko, 88), Demme.

“Spetsiya”: Krapikas, Ismayli, Dell`Orko (Bastoni, 46), Vinyali (Ramos, 74), Tersi, Richchi, Akampora, Jasi (Farias, 74), Esteves (Leo Sena, 46), Verde, Galabinov (Agudelo, 46).

Ogohlantirishlar: Losano (10), Mariu Ruy (61).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!