• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” fotomuxbiri olgan vazir suratlari “iltimos” bilan o‘chirtirildi. Vazirning o‘zi suratlar unga yoqqanini bildirdi

    “Daryo” fotomuxbiri Madina Nurman 24-yanvar kuni Telegram’dagi shaxsiy kanalida bosh vaziri o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevning eskalatordan pastga tushayotgani va yuqoriga chiqayotgani aks etgan ikki suratni e’lon qildi. Surat prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasidagi tadbirlar vaqtida olingan.

    O‘chirilgan suratlardan biri.

    O‘chirilgan suratlardan biri.
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Madina Nurmanning ma’lum qilishicha, suratlar e’lon qilinganidan ma’lum vaqt o‘tib, Qishloq xo‘jaligi vazirligining manfaatlari uchun xizmat qiluvchi tashkilot vakillari fotomuxbirdan suratlarni o‘chirib tashlashni “iltimos qilib” so‘ragan, “bosim bo‘layotgani”ni aytgan.

    O‘chirilgan suratlardan biri.

    O‘chirilgan suratlardan biri.
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Madina Nurman ikkala fotosuratni ham o‘chirib tashlab, kanalida shunday bildirish qoldirgan: “Rasmlar o'chdi, afsuski. Shuhrat G‘aniyevning yonidagi vazir kanal muallifi tomonidan boshqa rasmga olinmaydi. Internetdan olamiz xabarlarimizga kerak bo'lib qolsalar. Ming bor uzr!”.

    Ko‘p o‘tmay “Daryo” fotomuxbirini blogerlar, xususan, Xushnud Xudoyberdiyev, Shahnoza Soatova, Lazizbek Hamidov va boshqalar qo‘llab-quvvatladi hamda Madina Nurman o‘chirib tashlashga majbur bo‘lgan suratlarni takroran e’lon qildi. “Daryo” fotomuxbiri barchaga o‘z tashakkurini bildirib, vaziyatga, jumladan, shunday munosabat bildirdi:

    “Iltimos, matbuot kotiblari, o‘z ustingizda ishlang, OAV vakiliga har bitta yetkazib borayotgan gapingiz qanday effekt berishini o‘ylang, rahbarlaringizga tushuntiring, xorijiy nashrlar, xalqaro saytlarni ko‘proq kuzating, o‘qing, zamon qanday ekanini, media olamiga qanday talablar qo‘yayotganini biling, orqada qolib ketmang. O‘chirtirish oson, lekin aytilgan gap — otilgan o‘q. Uni qaytarib bo‘lmaydi, afsuski. Buyog‘i Streyzand effektiga aylanib ketishini o‘ylang”.
    Shu kunning o‘zida qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Facebook’dagi sahifasida vaziyat bo‘yicha o‘z munosabatini e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha quyida keltiramiz:

    Jamshid Xo‘jayev.

    Jamshid Xo‘jayev.
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”
    Xayplar qanday paydo bo‘lishiga endi shaxsan guvoh bo‘ldim. Mening o‘rnimga o‘ylab, faraz-u ixtirolar qilishni, bir tomonlama xulosalar chiqarishni davom ettirmasliklari, bularning barchasini xuddi mansabdorlar va OAVning to‘qnashuvi sifatida talqin etmasliklari uchun o‘z fikrlarimni bildirishga qaror qildim.

    Bundan bir necha soat ilgari, kunduzi, do‘stlarim ushbu ikki fotosurat bitilgan repostlarni yubora boshladi. Fotosuratlar meni umuman ajablantirmadi, chunki fotograf bizni suratga olayotganini ko‘rganman va ular yaqin orada internetga joylashtirilishini o‘shandayoq tushungan edim. Fotosuratchi qizni turli rasmiy tadbirlarda bir necha bor ko‘rganman.

    Ajablanarli holat keyinroq bo‘ldi. Ushbu fotosuratlar muallif tomonidan go‘yoki mening aralashuvim bilan olib tashlangani haqidagi yangi xabarlar kela boshladi.

    Keyinroq bilsam, fotosuratlar, aynan esa ularning ostiga yozilgan izohlarni vazirlik matbuot kotibi Nigora etikaga to‘g‘ri kelmaydi, degan xulosaga kelgan. Hamkasblari orqali fotosuratlar muallifi bilan bog‘lanib, tushuntirmoqchi bo‘lgan. Fotolar muallifi va ularni olib tashlashni iltimos qilganlar o‘rtasidagi muloqot qanday o‘tganidan bexabarman, ammo o‘zi jurnalist bo‘lgan Nigoraning aytishicha, muallif bilan hamkasb sifatida muloqot qilmoqchi bo‘lgan.

    Agar bosim yoki tazyiq o‘tkazilgan bo‘lsa, iltimos, menga xabar bering, buni bilishni istardim (Facebook’da do‘stmiz, bemalol yozing). Ammo unday emasligiga shubham yo‘q. Chunki ish mobaynida Nigorani juda yaxshi bilib olganman — u xushmuomala va andishali inson.

    Agar bularning barchasi xayp uchun, “ochko” olish uchun qilinmayotgan bo‘lsa, har qanday ishda muloqot uchun o‘rin borligi haqida unutmaylik. Matbuot kotiblarining jurnalist va blogerlar bilan muloqotlari xaypga aylanmasligi lozim, bu ishga oid jarayonlar axir. Agar biror mutaxassis boshqasiga o‘z fikrini yetkazmoqchi bo‘lsa, boykot e’lon qilmasdan, bularning barchasini yangi axborot bahonalariga aylantirmasdan uni tinglash va haqiqatan ham eshitish mumkin albatta.

    Fotosuratlar va, umuman, jurnalistikada shunday noodatiy formatlardan foydalanilishiga keladigan bo‘lsak, tan olish kerak, bu ancha qiziqarli va nostandart yondashuv. Shu boisdan mazkur ikki fotoni shu yerda, lentamda qoldiraman.

    Madina, fotosuratlaringiz yaxshi chiqibdi, menga umuman rasmlaringiz yoqadi. Faqatgina o‘y-fikrlarimni noto‘g‘ri o‘qibsiz. Keyingi safar, marhamat, bemalol yaqinroq keling va savolingizni bering — men hamisha suhbat uchun ochiqman. Barchamizning ishlarimizga omad!

    Jamshid Xo‘jayev, qishloq xo‘jaligi vaziri

    “Daryo” tahririyati yuz bergan bu holat nafaqat suratlarni, balki u yoki bu materiallarni ham o‘chirish yoki o‘chirishga teng darajada tahrirlashni so‘raydigan shaxslarga saboq bo‘ladi va ularni bunday o‘rinsiz iltimoslar oldidan jiddiy o‘ylab ko‘rishga undaydi, deb ishonadi.

    24.01.2021, 22:14   Izoh (0)   46567
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zangiotadagi bog‘cha mudirasi ishlamagan 37 kishining 983,5 mln so‘m oyligini o‘zlashtirgani aniqlandi

    24.01.2021, 21:35

    Sirdaryoda tabiiy gazni ikki barobar iqtisod qilgan holda elektr energiyasi ishlab chiqaradigan IES qurilishi boshlandi

    24.01.2021, 20:16

    O‘zbekistonda 25-yanvar kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

    24.01.2021, 19:33

    Urganchda tug‘ilmagan bolasini 9 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin qo‘lga olindi

    24.01.2021, 18:33

    “Avval bo‘sh vaqtimiz bo‘lmagani sababmi, dastlabki to‘rt kunda zerikkandek bo‘ldik”. Ta’tilga chiqqan qashqadaryolik hokimlar ta’til qanday o‘tayotgani haqida

    24.01.2021, 17:37

    Qashqadaryodagi maktablarda Islom Karimov byusti uchun majburiy pul yig‘ilgani haqida xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

    24.01.2021, 16:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.